"Xorazm"da ispaniyalik murabbiy ish boshladi
Ispaniyalik tajribali mutaxassis Rossanigo Xoracio "Xorazm" PFK jamoasi futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha murabbiy sifatida o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Murabbiyning xalqaro tajribasi va professional yondashuvi jamoamizning yanada yuqori marralarni zabt etishiga xizmat qilishiga ishonamiz.
Rossanigo Xoracioga Xorazm PFK safida omad, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz!", - deyiladi xabarda.

Fikrlar