Yamal: «Hech kim Messidan bunday o‘yin kutmagan edi»
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lamin Yamal 39 yoshli Argentina hujumchisi Lionel Messining 2026 yildagi jahon chempionatidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Bu haqiqatan ham ajoyib. Hamma Messining kimligini biladi, lekin bu turnirda shunday o‘yin namoyish etadi, deb ko‘pchilik kutmagandi. Uning uchun juda xursandman, xuddi shuningdek Neymar va Krishtianu uchun ham», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Joriy jahon chempionatida Messi besh uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi. Hozircha u musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Qolaversa, u shu mundialda o‘tkazilgan har bir o‘yinda gol kiritishga erishgan.
Chorak finalda Argentina terma jamoasi Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar