
Yamal jamoadoshining ketishiga sababchi bo‘lyapti
“Barselona” jamoa etakchisi Lamin Yamal va darvozabn Voytsex Shchesni bilan yangi shartnomani tuzish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni keyingi qoldirishga majbur bo‘ldi. Sababi auditorlik tekshiruvi klubning “Kamp Nou”dagi VIP joylarni sotish ortidan g‘aznaga tushirilgan 100 million evro miqdoridagi mablag‘ni o‘z hisobotiga kirim sifatida kiritgani yo‘q.
Relevo nashrining yozishicha, klub Yamal va Shchesni bilan yangi bitim tuzishi uchun tarkibdagi qimmatbaho o‘yinchilardan birini sotib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu borada birinchi nomzod markaziy himoyachi Ronald Arauxo hisoblanadi.
Urugvaylik futbolchi yanvar oyida klub bilan 2031 yilgacha davom etadigan yangi bitim tuzdi va unda Arauxoga 65 million evro miqdorida badal puli belgilangan.
Kataloniyaliklar yozda Evropaning biror qudratli klubi aynan mana shu summaga Ronald Arauxoni transfer qilishiga umid bildirmoqda. Arauxo transferidan keladigan summa klubga Yamal va Shchesni bilan yangi kelishuv imzolashda moliyaviy qoidabuzarliklarning oldini olish imkonini beradi.
Fikrlar