Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal Messining izidan ketmoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zo‘r o‘yinchilar chiqaverarkan

“Barselona” hujumkor futbolchisi Lamin Yamal klub afsonasi Lionel Messining o‘n yil avval qayd etgan natijasini takrorladi.

17 yoshli futbolchi chempionatning ilk o‘nta turida jamoadoshlariga oltita golli pas uzatdi. Bu ko‘rsatkichni qayd etish so‘nggi o‘n yilda “Barselona”ning birorta o‘yinchisiga nasib qilmagan.

Oxirgi bor bunaqa samaradorlikni 2014-2015 yilgi mavsumda “Barselona”da o‘ynagan Lionel Messi qayd etgan edi.

O‘shanda argentinalik yulduz Ispaniya chempionatining dastlabki o‘nta uchrashuvida etti marotaba assist muallifi bo‘lgan.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Lamin Yamal asosiy tarkibda 2023 yilning aprelida – 15 yoshu 9 oyligida debyut qilgan. Iste’dodli o‘yinchi 16 yoshu bir oyligida Ispaniya terma jamoasida birinchi o‘yinini o‘tkazdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q