Yamal yana Mbappeni "sindirdi"
Ispaniya terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Frantsiya futbolchilarini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Statistika ekspertlari darrov har ikki jamoaning yetakchilari - Lamin Yamal va Kilian Mbappening klub va terma jamoalar miqyosdagi o‘zaro to‘qnashuvlari natijalarini hisob-kitob qildi.
Ikki yulduzning o‘zaro raqobatiga alohida e’tibor qaratilishiga ular klublar miqyosida ikki ashaddiy raqib - "Barselona" va "Real" sharafini himoya qilayotgani ham sabab bo‘ldi.
Bu galgi yarim finalda g‘alaba Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" hujumkor futbolchisi Lamin Yamalning ustunligini mustahkamladi. Ispan futbolchisi "Barsa" va terma jamoa safida Kilian Mbappe bilan o‘zaro 11 marta to‘qnash kelib, shulardan 9 tasida qo‘li baland kelgan.

Fikrlar