Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Yanvarda yuboringlar! "Napoli" "Barsa"dan oʻyinchi soʻrayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Italiyaliklarga yordam kerak

«Napoli» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Gaviga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Sport.es nashri xabar berishicha, Italiya jamoasining sport direktori Jovanni Manna futbolchining kelajak rejalari bilan qiziqish maqsadida uning vakillari bilan allaqachon bog‘langan. Neapol klubi Gavini avval ijaraga olish, keyinchalik esa to‘liq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. «Barselona» rahbariyati iste’dodli yarim himoyachi bilan xayrlashish niyatida emas. Gavining o‘zi ham jamoani tark etishni, na qishki transfer oynasida, na yaqin yozda, rejalashtirayotgani yo‘q. Kataloniya klubi futbolchi ikki marta olgan jiddiy jarohatlaridan so‘ng asta-sekin o‘zining oldingi o‘yin darajasiga qaytishiga umid qilmoqda.

Joriy mavsumda Gavi La Liga doirasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmagan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, futbolchining taxminiy bozor qiymati esa 25 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q