Yapon "Samuray"i kutilmaganda engildi
Zohir2018
Rim shahrida tennischilar saralanmoqda
Yaponiyalik tennischi Kei Nishikori va argentinalik Diego Shvartsman Italiya poytaxti Rim shahrida o‘zaro kuch sinashdi.
Ular o‘rtasidagi bahs "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqaning chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Kei 4:6, 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa "Internazionali BNL D'Italia" turnirining yarim finaliga chiqqan Shvartsman, endi serbiyalik Novak Jokovich va argentinalik Xuan Martin Del Potro uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga tushadi.


Izohlar (0)