Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Yevropaning 6 ta klubi argentinalik iste'dodga qiziqmoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr iqtidor ekan

Argentinada «Boka Xuniors» sharafini himoya qilayotgan yarimhimoyachi Tomas Aranda qishki transfer oynasida Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

El Intransigente nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» rahbariyati 19 yoshli futbolchini qishda o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. Tomas Arandaga faqat mersisayd klubi emas, balki Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari, shuningdek «Aston Villa», Italiya ning «Komo» va «Inter» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Arandaning «Boka Xuniors» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Yosh yarimhimoyachining transfer bahosi taxminan 12 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q