Yil o‘yini? 8 ta gol urilgan o‘yinda "Real" "Atletiko"ni taslim qildi

  • 11 yanvar, 2024, 03:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" bahsi "qaymoqranglilar"ning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Tecno

O‘yinda dastlab Ermoso hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Ryudiger javob qaytardi. Taym so‘nggiga qadar tomonlar yana bir martadan darvozalarni ishg‘ol qildi. 78-daqiqada Ryudiger avtogol urib qo‘ydi, 85-daqiqada esa Karvaxal hisobni 3:3 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Ekstra-taymlarda Savich o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va Dias o‘yinga nuqtani qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Real" ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga yo‘l oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!