Yuliya Putintseva Marokashda qoqildi
Qozog‘istonlik Yuliya Putintseva Rabat shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
Yuliya birinchi davrada sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi kortga chiqdi. Uch setda davom etgan o‘yinda u 6:3, 4:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Endi Zidanshek ikkinchi davrada slovakiyalik Magdalena Ribarikova, yoki saralash bahslari g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar