Zagreb Gran-prisida birinchi yo‘qotish
Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oldi. Bugun engil vaznli sportchilar kurashishmoqda.
Biroz avval -66 kilogramm vazn toifasida ikki nafar vakilimiz saralash doirasida bahs olib borishdi. Artyom Shturbabin birinchi davrada filippinlik raqibini katta qiyinchiliksiz mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi davrada tajribali belaruslik Dmitri Minkouga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, Muhraddin Tilovov ham ilk bahsini omadli o‘tkazdi. Portugaliyalik Joao Krisostomo bilan kechgan bahs Tilovovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Hamyurtimiz keyingi davrada togolik sportchiga qarshi kurashadi.

Fikrlar