Zidan, Klopp va Flik: FIFA eng yaxshi murabbiy unvoni uchun da’vogarlar nomini e’lon qildi

  • 25 noyabr, 2020, 15:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA 2020 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatlani e’lon qildi.

Da’vogarlar: Marselo Belsa ("Lids"), Xans Flik ("Bavariya"), Yurgen Klopp ("Liverpul"), Xulen Lopetegi ("Sevilya"), Zinedin Zidan ("Real").

Bugun, 25 noyabrdan boshlab FIFA rasmiy saytida onlayn so‘rovnomaga start beriladi va 9 dekabr kuni ovoz berish yakunlanadi.  11 dekabrda esa uchta finalchilarning nomi e’lon qilinadi.

Taqdirlash marosimi 17 dekabr kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. 

2019 yilda ushbu unvonga Yurgen Klopp loyiq ko‘rilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!