Zidan Mbappe bilan mojaro haqida gapirdi
Bu xabarlar juda afsuslanarli
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan oʻrtasida mojaro borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Avvalroq Mbappe milliy jamoa mashgʻulotlari vaqtida jarohat olgani maʼlum qilingandi. OAVda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, u Madridga qaytishni istagan, ammo Zidan uning qaytishiga yoʻl qoʻymagani aytilgan.
«Mening Kilian Mbappe bilan munosabatlarim yomon degan gaplar? Buni umuman tushunmayman, bu yerda hech qanday muammo yoʻq. Shuning uchun ham bu bahsga kirishish niyatim yoʻq.
Bizda u bilan oddiy ishchi munosabatlar — murabbiy va futbolchi sifatidagi aloqa bor, xolos. Hammasi juda yaxshi ketyapti. Odamlarga istaganini gapirishni man qila olmayman. Lekin bu aytilgan gaplar mutlaq ahmoqona. Bu xabarlar juda afsuslanarli va ancha bezovta qiladi», — dedi Zidan.

Izohlar (0)