Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Zidan – yangi terma jamoada!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U o‘z omadini boshqa Frantsiyadan boshqa terma jamoada sinab ko‘radi

Frantsiya futbolining yorqin yulduzi – Zinedin Zidanning o‘g‘li Lyuka futbol fuqaroligini o‘zgartirib, bundan buyon xalqaro maydonda tarixiy vatani Jazoir sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

FIFA tashkiloti ham o‘zining rasmiy saytida Lyuka Zidan xalqaro musobaqalarda Jazoir futbol federatsiyasi nomidan ishtirok etishini tasdiqladi.

27 yoshli darvozabon ilgari Frantsiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o‘ynagan, biroq mamlakatning bosh jamoasiga jalb etilmagan edi.

Lyuka Zidan klublar miqyosidagi faoliyatini faqat Ispaniyada o‘tkazgan. Lyuka “Qirollik klubi” akademiyasida tarbiyalangan va “Real Madrid”, “ROsing Santander”, “Rayo Valekano”, “Eybar” va “Granada” jamoalari safida maydonga tushgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q