
Zidanning o‘rnini kim egallaydi?
"Real" rahbariyati bir qancha muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng bosh murabbiyni o‘zgartirish haqida bosh qotirmoqda, deya xabar bermoqda Marca.
"Qaymoqranglilar" Zinedin Zidan muxlislar orasida o‘ziga xos hurmatga ega bo‘lganligini hisobga olgan holda hozircha uni ishdan olmoqchi emas, ammo jamoaning natijalari yaxshilanmaydigan bo‘lsa, unda madridliklar frantsiyalik mutaxassisni iste’foga yuborishga majbur bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda rahbariyatda keyingi murabbiy bo‘yicha ikkita nomzod bor, birinchisi "Tottenxem" sobiq ustozi Maurisio Pochettino, ikkinchisi "Real Madrid Kastilya" bosh murabbiyi Raul.
Hozircha "Real" argentinalik mutaxassis bilan aloqa o‘rnatganicha yo‘q, Raul esa kelajakda madridliklar boshqaruviga kelishi kutilmoqda.
Kecha Zidan iste’fo bermasligi haqida aytib o‘tgan edi, shunday ekan bu boradagi dastlabki qadam klub rahbariyatidan bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, "Real"ning bir qancha futbolchilari murabbiy almashtirish jamoa uchun foydali bo‘ladi deb hisoblayotgani xabar qilingan edi.
Madridliklar 2020/21 yilgi mavsumda rasmiy uchrashuvlardan 15 tasidan 5 tasida mag‘lubiyatga uchradi. So‘nggi besh o‘yinda klub faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Fikrlar