Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Zirkzee taklifni rad etdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Jamoa ma’qul kelmadi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee «Fiorentina» taklifini rad etdi.

Florentsiya klubi niderlandiyalik futbolchini 5 million yevro evaziga ijaraga olib, keyinchalik 30 million yevroga to‘liq sotib olish imkoniyati bilan kelishuv tuzishga tayyor edi. 

Ammo insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Zirkzee bu variantga rozilik bermadi.

Shu tariqa, forvard uchun kurashda asosiy da’vogar sifatida «Yuventus» qolmoqda. Turin klubi yakshanba kuni «Manchester Yunayted» rahbariyatiga rasmiy so‘rov yuborgan. 

Shu bilan birga, «Yuventus» «Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemade bilan ham qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joshua Zirkzee 2024 yil iyul oyida «Bolonya» tarkibidan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining joriy bozor qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q