Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Madrid derbisi»ga xush kelibsiz! Prevyu

Izohlar: 0

Madridning “Real” va “Atletiko” klublari bugun Chempionlar Ligasining yarim final bosqichida to‘qnashishadi. Madrid derbisi Evrokubok o‘yinlari doirasida so‘nggi besh yil ichida uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Shu vaqt mobaynida “Real” o‘z yurtdoshlariga biron marta ham mag‘lub bo‘lmadi. Qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, yarim final o‘yinlari doirasiga ikki ispan jamoasi kiritilgan, shuning uchun yoki “Real”, yoki “Atletiko”  EChLning final bosqichida ketma-ket ikkinchi marotaba ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

“Atletiko”  o‘tgan mavsumda Evropaning eng kuchli futbol klubi maqomiga asosiy da’vogar bo‘lib turgan bir paytda, penaltilar seriyasida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi. Ikki yil avval “Real” Diego Simeone jamoasini liganing final bosqichida mag‘lub etgan edi. Serxio Ramos ikkinchi taymdagi qo‘shimcha vaqtning uchinchi daqiqasida hisobni tenglashtirgan edi.

Ko‘rinib turibdiki, “Real” himoyachisi “Atletiko” uchun xavf tug‘dirishi mumkin. So‘nggi yillarda EChL o‘yinlari doirasida “Atletiko” bilan muvaffaqiyatli o‘yinlarni olib borganligini e’tirof etadigan bo‘lsak, Zinedin Zidan jamoasi navbatdagi o‘yinlarda ham peshqadamlikni saqlab turishi kutilmoqda.

“Real” chorak finalda Germaniyaning etakchi jamoasi “Bavariya” bilan bo‘lgan to‘qnashuvda qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, 2:1 va 4:2 hisob bilan raqibini mag‘lub qildi. Liganing olti o‘yinida “ko‘zga tashlanmay qolgan” Ronaldu va nihoyat, Germaniya vakillari bilan bo‘lgan ikki bahsda  beshta gol kiritdi. Joriy o‘yinlar doirasida Krishtianu hozirgacha ettita gol sohibi, bu liga ishtirokchilari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib kelmoqda. “Barselona” vakili Lionel Messi undan to‘rtta gol hisobi bilan ortda qolmoqda, etakchilikni qo‘lga kiritish uchun unda yana ikki-uch imkoniyat mavjud.

Saralash bosqichining to‘rtta o‘yinida “Real” 12 ta gol sohibi bo‘ldi, ammo gol o‘tkazib yuborilgan holatlar ham mavjud, shu sababli “Atletiko” g‘alabaga umid qilsa bo‘ladi.

Har yillik derbilar

2015 yilda ham “Atletiko” “Real” bilan to‘qnashgan edi. “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan bu o‘yin meksikalik Xaver Ernandes kiritgan yagona gol orqali “Real” foydasiga hal bo‘lgan edi. Ispaniya Chempionatida Madridning ikki futbol klubi ham turli vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. “Real” “Barselona” bilan chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

Hozircha ochkolar teng. “Selta” bilan bo‘ladigan o‘yinda “Real” oldinga o‘tib olishi ham mumkin. “Atletiko” “Sevilya”ni ortda qoldirib, uchinchi o‘rinni band etib turibdi.

Ispaniya chempionatida kuchli uchlikni egallagan jamoa Chempionlar Ligasining jamoaviy raundiga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. To‘rtinchi o‘rin sohibi esa Evrokubokning saralash bosqichiga yo‘l oladi.

Shanba kuni ikkala jamoa ham o‘zlarining oxirgi o‘yinlarini o‘tkazishgan edi. “Valensiya” bilan bo‘lgan o‘yinda Zidan jarohat olgan Pepe va Garet Beyldan tashqari barcha kuchli futbolchilarini maydonga kiritdi. Bu bahs jamoa uchun juda murakkab kechdi. Himoyachi Marseloning harakatlari natijasida 86-daqiqada kiritilgan gol g‘alabani ta’minladi. Birinchi taym o‘rtalarida kiritilgan golga esa Krishtianu mualliflik qildi.

“Atletiko” mehmon sifatida “Las-Palmas” bilan to‘qnashib, 5:0 hisob bilan raqib jamoani “er tishlatdi”. Diskvalifikatsiya qilinganligi sababli Diego Godin tarkibda yo‘q edi, uning himoya markazidagi o‘rnini Lyuk Ernandes egalladi. Jarohat olganligi tufayli Yannik Karrasko ham o‘yinda qatnasha olmadi.  Birinchi taymda ikkita gol kiritgan Kevin Gameyro, uchinchi gol muallifi Saul Niges, ikkinchi taymda Tomas Partey va Fernando Torres jamoa muvaffaqiyatini ta’minlashdi.

Simeone o‘z himoyachisidan ayrildi

Ganalik Kevin-Prins Boateng tirsagi bilan “turtib yuborgan” urugvaylik himoyachi Xose Ximenesning jarohati Simeoneni tashvishga solmoqda. 8 aprelda “Real” “Atletiko”ni qabul qilib olgandi, 85-daqiqada Antuan Grizmann kiritgan gol 1:1 durang natijaga olib keldi. Birinchi doirada esa “Real” Krishtianuning uchta goli “sharofati bilan” “Atletiko”ni mag‘lub qilgan edi. O‘yin avvalida Simeone “Real” dastlabki daqiqalardanoq hujumga o‘tishini bashorat qildi, ammo u Zidan Beylning o‘rniga kimni maydonga kiritmoqchi ekanligini taxmin qila olmadi: Iskomi, Marko Asensiomi yo bo‘lmasa, Xames Rodriges? Shuningdek, Simeone o‘ng qanotda kim harakatlanishini bilishiga sha’ma qildi, biroq uning familyasini oshkor qilmadi:

“Nima bo‘lganda ham u bundan oldin qanot qismida o‘ynamagan, lekin futbol jamoaviy o‘yin, har bir futbolchi jamoa manfaatini ko‘zlab harakatlanishi kerak”.

O‘z navbatida, Zidan o‘z jamoasini bahs qahramoni sifatida ko‘rmayapti: “Liga yarim finalida peshqadamlar bo‘lmaydi. “Real”ning raqiblari so‘nggi to‘qqiz bahsda va EChLning saralash bosqichidagi  to‘rtta o‘yinda gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan qochib bo‘lmaydi, axir har bir jamoaning o‘ziga yarasha mahorati bor”.

Saodat Abdurahmonova tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q