Asosiy mazmunga oʻtish

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 23-oktabr

Ushbu siyosat sports.uz sayti va SPORTS.uz mobil ilovalari (Android va iOS) foydalanuvchilarining ma’lumotlari qanday yig‘ilishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Xizmat egasi — «RENDER SYSTEMS» MChJ (100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 15).

Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Hisob ma’lumotlari — faqat hisob ochsangiz:

  • telefon raqami — ro‘yxatdan o‘tishda SMS orqali tasdiqlash uchun;
  • foydalanuvchi nomi, ism va familiya;
  • parol — faqat qaytarib bo‘lmaydigan xesh ko‘rinishida saqlanadi;
  • elektron pochta — ixtiyoriy, profilda ko‘rsatsangiz;
  • profil rasmi — ixtiyoriy, yuklasangiz.

Siz yaratgan kontent: fikrlar va fikrlarga berilgan ovozlar (yoqdi / yoqmadi).

Texnik ma’lumotlar: server jurnallari (IP manzil, so‘rov vaqti, brauzer yoki ilova haqida ma’lumot) — xavfsizlik va xatolarni tuzatish uchun.

Faqat saytda: cookie fayllar (sessiya, til va mavzu sozlamalari) hamda Google Analytics va Yandex.Metrika — tashriflar statistikasi uchun. Saytda reklama ko‘rsatiladi.

Mobil ilovada analitika, reklama yoki kuzatuv SDK’lari yo‘q. Ilovada joylashuv, kontaktlar yoki qurilma identifikatorlari yig‘ilmaydi. Saqlangan maqolalar va sozlamalar faqat qurilmangizda saqlanadi.

Google, Facebook va Telegram orqali kirish

Agar Google, Facebook yoki Telegram orqali kirsangiz, ushbu xizmat bizga hisobingiz identifikatorini, ismingiz va profil rasmingizni, Google va Facebook holatida esa elektron pochtangizni ham beradi. Biz hisob identifikatori, ismingiz va profil rasmingizni saqlaymiz: identifikator va ism SPORTS.uz hisobingizni yaratish va keyingi kirishlarda sizni tanish uchun, rasm esa profilingiz avatari sifatida ishlatiladi (uni profilda istalgan vaqtda almashtirishingiz mumkin). Elektron pochtangiz saqlanmaydi.

Google’dan olingan ma’lumotlar faqat kirishni ta’minlash uchun ishlatiladi, uchinchi shaxslarga berilmaydi, sotilmaydi va reklamada foydalanilmaydi. SPORTS.uz’ning Google API’laridan olingan ma’lumotlardan foydalanishi Google API Services User Data Policy, jumladan Limited Use talablariga mos keladi.

Hisobingizni o‘chirsangiz, bu ma’lumotlar ham o‘chiriladi. SPORTS.uz’ning Google hisobingizga kirish huquqini istagan vaqtda myaccount.google.com/permissions sahifasida bekor qilishingiz mumkin.

Ma’lumotlardan nima uchun foydalanamiz

  • hisobingizni yaratish, unga kirish va uni boshqarish;
  • fikr qoldirish va ularga ovoz berish imkonini berish;
  • xizmatni suiiste’mol va hujumlardan himoya qilish;
  • murojaatlaringizga javob berish;
  • sayt statistikasini tahlil qilish.

Ma’lumotlarni kimga beramiz

Shaxsiy ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida bermaymiz. Ular faqat quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga yetadi:

  • SMS provayderi — tasdiqlash kodini yuborish uchun faqat telefon raqamingiz;
  • Google va Yandex — faqat saytdagi tashriflar statistikasi;
  • davlat organlari — faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda.

Xavfsizlik

Barcha ma’lumotlar shifrlangan HTTPS ulanishi orqali uzatiladi. Parollar ochiq holda saqlanmaydi. Ma’lumotlarga faqat vakolatli xodimlar kira oladi.

Saqlash muddati va o‘chirish

Hisob ma’lumotlari hisobingiz mavjud bo‘lguncha saqlanadi. Hisobni o‘chirsangiz, telefon raqami, elektron pochta, ism, foydalanuvchi nomi, parol, profil rasmi, fikrlaringiz va ovozlaringiz darhol va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘chiriladi. Server jurnallari xavfsizlik maqsadida cheklangan muddat saqlanadi. Batafsil — Hisobni o‘chirish sahifasida.

Huquqlaringiz

Ma’lumotlaringizni profilda ko‘rishingiz va o‘zgartirishingiz, hisobingizni istagan vaqtda o‘chirishingiz mumkin. Savollar bo‘yicha info@sports.uz manziliga yozing.

Bolalar

Xizmat bolalarga mo‘ljallanmagan. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalardan bilib turib ma’lumot yig‘maymiz; bunday hisob aniqlansa, u o‘chiriladi.

O‘zgarishlar

Siyosatni yangilashimiz mumkin. Yangi tahrir ushbu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana o‘zgaradi.

Aloqa

«RENDER SYSTEMS» MChJ, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 15.
Elektron pochta: info@sports.uz
Telefon: +998 71 233-78-98