Arbeloa: "Rodrigo jamoa uchun hal qiluvchi figuraga aylanishi mumkin"

  • 02.03.2026 00:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchisi Rodrigo haqida fikr bildirdi.

"Rodrigo jamoa uchun juda muhim futbolchi bo‘lishi kerak. Jarohatlardan oldin ham u shunday edi. U hal qiluvchi va kalit figuraga aylanishi mumkin. Rodrigo ko‘p yillar davomida “Real” safida o‘z sifatini isbotlab kelmoqda.

U hujumning uchala pozitsiyasida ham o‘ynay oladi. Uning texnikasi, maydonni ko‘ra bilishi, hujumga qo‘shilishi, yakunlash mahorati va birga-bir vaziyatlardagi o‘yini yuqori darajada. U juda universal futbolchi va unga qarshi himoyalanish oson emas. Rodrigo bizga ko‘p variantlar beradi va men uning qaytishini juda istayman. U asta-sekin o‘yin daqiqalarini ko‘paytirib, yanada muhim figuraga aylanishiga umid qilaman", — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

2 mart, dushanba kuni "Real" La Liga doirasida "Xetafe"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!