Endrik: "Neymar mendan ancha kuchli"

  • 27.01.2026 00:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Endrik oʻzini Neymar bilan solishtirishlarga qarshi ekanini bildirdi.

Avvalroq "Real"ga tegishli boʻlgan 19 yoshli hujumchi "Lion" safida ilk 3 oʻyinda 4 ta gol urib, klub tarixida statistika yuritila boshlanganidan beri eng yaxshi startni qayd etgan edi.

"Neymar bilan solishtirishlar? U Fransiyaga kelganida allaqachon favqulodda darajadagi futbolchi edi va ajoyib ishlarni qilardi.

Har bir oʻyinda driblinglar, gollar va golli uzatmalar bor edi.

Iltimos, meni u bilan solishtirmang. Neymar mendan ancha kuchli", — dedi Endrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!