MYu hujumchisi A Seriyaga qaytishi mumkin
Rasmus Xoylund faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
"Corriere dello Sport" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, MYu 2023 yilda "Atalanta"dan 74+10 million evroga sotib olgan hujumchisidan voz kechmoqchi.
Mateus Kunya va Brian Mbemo transferlaridan so‘ng hujum chizig‘ida raqobat kuchaygan bir paytda klub o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor.
MYu 22 yoshli Xoylundni 45 million evroga baholamoqda. Dastlab, klub faqat to‘liq sotib olish takliflarini ko‘rib chiqqan. Biroq, inglizlar endi majburiy sotib olish sharti bilan futbolchini ijaraga berishga ham rozi.
"Yuventus" bu variantni jiddiy ko‘rib chiqmoqda, ammo turinliklarning asosiy maqsadi PSJdan ijara asosida o‘ynagan Randal Kolo-Muanini qaytarish bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birgalikda, Xoylundga "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda daniyalik futbolchi APLda 32 ta o‘yinda 4 ta gol urgan.
Fikrlar