"Navbahor" gruziyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

  • 16.02.2026 22:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Navbahor" matbuot xizmati tajribali gruziyalik himoyachi Giorgi Jgerenaya bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. 

 Giorgi Jgerenaya – 1993 yil, 28 dekabrda Gruziyaning Tbilisi shahrida tug‘ilgan. 

Faoliyati davomida Gruziyaning “Gagra” (Tbilisi), “Norcha Dinamoeli” (Tbilisi), “Samtredia” (Samtredia), “Meraniya” (Tbilisi), Ukrainaning “Ilicheves” (Mariupol), “Nikolaev” (Nikolaev), “Dinamo-2” (Kiev) jamoalarida o‘ynagan. 2021 yildan buyon Gruziyaning “Iberia” (Tbilisi) jamoasida to‘p tepayotgandi. 

Giorgi Jgerenaya Gruziyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham o‘ynagan. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!