Osiyo chempionati. Ertaga 6 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi!
Moʻgʻilistonning Ulan-Bator shahrida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionatining yarim final bahslari davom etadi.
Ertaга 6 nafar bokschimiz janglarga kirishadi. Eslatib oʻtamiz, -80 kg vazndagi vakilamiz Ruxshona Parpieva toʻgʻridan-toʻgʻri final bosqichidan yurishini boshlaydi.
Juftliklar bilan tanishing:
-57 kg: Nigina Ŭktamova - Jasmin (Hindiston) 09:30
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Akash (Hindiston) 10:00
-85 kg: Jasurbek Yoʻldoshev - Lokesh (Hindiston) 10:45
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Orazbek Assilkulov (Qozogʻiston) 14:30
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Minseong Kim (Janubiy Koreya) 15:15
-90 kg: Halimjon Mamasoliev - Togʻambay Sagindik (Qozogʻiston) 15:45
Bahslar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 09:00 da va ikkinchisi 14:00 da start oladi. Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar