Oʻzbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan 19-xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi
Shu yilning, 16–27 mart kunlari umumiy mukofot jamgʻarmasi 80 000 AQSh dollarini tashkil etgan G.T. Agzamov xotirasiga bagʻishlangan 19 xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtadi. Bu haqida Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turnir FIDE qoidalari asosida ikki guruhda tashkil etiladi:
Open-A — reytingi 2200 va undan yuqori
Open-B — reytingi 0–2199
Xorijlik ishtirokchilar uchun arizalar 2026 yil 5 martga qadar qabul qilinadi. Barcha ishtirokchilar 16 mart kuni soat 16:00–19:00 oraligʻida akkreditatsiyadan oʻtishi shart.
Ishtirokchilar FIDE ID, toʻlov kvitansiyasini yuborishlari kerak.
Fikrlar