EChL chorak finalida ro‘baro kelgan juftliklar haqida

  • 17 mart, 2017, 22:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun EChL chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’a natijalari esa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Tecno

Biz esa ushbu juftliklar to‘g‘risidagi ayrim faktlarni sizning e’tiboringizga havola etamiz.

“Bavariya” – “Real”

Bu jamoalar shu vaqtga qadar 22 bor rasmiy o‘yinda kuch sinashgan bo‘lib, ularning barchasi EChL(EChK) doirasida o‘tgandir. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik nemislar tomonidadir – 11 g‘alaba va 3 durang. Qolgan 9 bellashuvda esa “qirollik klubi” muvaffaqiyat qozongan;

“Real”ning “Bavariya” bilan so‘nggi uch o‘yinida ispanlar g‘alaba qozonganligini ko‘rish mumkin;

“Bavariya” evrokuboklar doirasida o‘z maydonidagi eng yirik mag‘lubiyatni aynan “Real”dan qabul qilib olgan – 0:4(2013/14 yilgi mavsumda);

Bu ikki jamoalar pley-off bosqichida 10 marta to‘qnash kelishgan va har ikki jamoa hisobida 5 tadan g‘alaba(ikki o‘yin natijasiga ko‘ra) mavjud.

“Yuventus” – “Barselona”

Mazkur ikki jamoa o‘zaro 7 bor rasmiy o‘yinda to‘qnash kelgan. “Barselona” hisobida 3, “Yuve” hisobida esa o‘zaro o‘yindagi ikki g‘alaba mavjud. Qolgan ikki o‘yinda esa klublar murosa ko‘chasini tanlashgan;

So‘nggi bor esa ushbu klublar 2015 yil Berlinda o‘tgan EChL finalida to‘qnash kelishgan va o‘shanda kataloniyaliklar raqiblaridan 3:1 hisobida ustun kelishgan;

2002/03 yilgi mavsumda esa bu klublarning yo‘li xuddi hozirgi kabi chorak finalda kesishadi. O‘shanda Turindagi bahsda 1:1 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, “Kamp Nou”dagi javob bellashuvi 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘lgan edi.

“Atletiko” – “Lester”

“Lester” evrokuboklarda 3 marta ishtirok etgan bo‘lsa(bunisi to‘rtinchisi), ikki safar “tulkilar”ning yo‘liga aynan “matraschilar” g‘ov bo‘lishgan;

1961/62 yilgi mavsumda KEKda “Atletiko” “Lester”ni umumiy 3:1 hisobida mag‘lub etgan;

1997/98 yilgi UEFA kubogida esa “tulkilar” har ikkala o‘yinda ham 1:2 hisobida “Atletiko”ga imkoniyatni boy bergan;

Qayd etib o‘tish joiz, “Atletiko” o‘z maydonida ingliz jamoalariga umuman yutqazgan emas – 5 g‘alaba va yana shuncha durang.

“Borussiya Dortmund” – “Monako”

Bu ikki jamoalar ilk bor o‘zaro bahs olib borishadi;

Dortmundliklarning superto‘purari – Per-Emerik Obameyang 2010/11 yilgi mavsumda aynan “Monako” safida ijara asosida to‘p surgan bo‘lib, o‘sha mavsum “Monako” libosida ikki bor gol kiritishning uddasidan chiqqan;

“Borussiya” frantsuz jamoalariga o‘z uyida faqat bir bor mag‘lub bo‘lgan. Bu borada umumiy natijalar esa quyidagicha ko‘rinish olgan: 6 g‘alaba dortmundliklar hisobida, 5 g‘alaba esa knyazlik klubi hisobida. Qolgan 5 o‘yinda esa g‘olib nomi  aniqlanmagan.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!