
Evrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 5 futbolchi
“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas Evropa chempionlar ligasining 1/8 finali javob uchrashuvida “Yuventus”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va Evrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan yangi rekordchiga aylandi. Endi Kasilyasning hisobida evrokuboklardagi 175 o‘yin mavjud. Quyida esa bu borada eng yaxshi ko‘rstakichga ega bo‘lgan 5 futbolchi bilan tanishtiramiz.
5. Raul – 161 o‘yin
Messi va Ronaldular Raul tomonidan o‘rnatilgan rekordlardni birin-ketin yangilashdi. Ammo navbat xali bunga etib kelganicha yo‘q. Raul 3 bor EChLda g‘olib chiqqan.
4. Klarens Zeedorf – 163
Zeedorf esa Evropadagi 20 yillik faoliyati davomida 163 ta bahsda evrokuboklarda maydonga tushgan. Gollandiyalik sobiq futbolchi EChLni 3 jamoa tarkibida yutishga erishganini ko‘pchilik bilmasa kerak.
3. Xavi – 173
Xavi Evropadagi 17 yillik faoliyati davomida ervokuboklarda 173 ta o‘yin o‘tkazgan. “Barsa” bilna jami 28 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Xavi hisobida EChLdagi 4 ta g‘alaba ham mavjud.
2. Paulo Maldini – 174
“Milan” klubi afsonasi bo‘lgan Maldini 24 yillik faoliyati davomida klub miqyosida jami 902 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shulardan 174 tasi evrokuboklarga to‘g‘ri kelar ekan. E’tiborlisi, Paulo bu o‘yinlarda himoyachi bo‘lishiga qaramay 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
1. Iker Kasilyas – 175
Kechagi o‘yin Iker uchun evrokuboklardagi 175 o‘yini bo‘ldi. Shulardan 150 dan oshig‘ini kiper “Real” safida o‘tkazgan. Umuman olganda esa Kaska EChLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha ham barchadan oldinda turadi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar