
Legionerlarimiz. “Shanxay SIPG” safarda g‘alaba qozondi. Axmedov esa…
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Xitoy Super ligasida 9-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat yuritadigan “Shanxay SIPG” jamoasi but turda “Tyantszin Teda” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o‘yinda Andre Villash-Boash boshchligidagi shanxayliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynadi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Shanxay SIPG” o‘z ochkolarini sonini 20 taga etkazib oldi xamda ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Axmedovning jamoasi kelgusi o‘yinini 20 may sanasida o‘tkazadi.
Xitoy Super ligasi. 9-tur
Tyantszin Teda – Shanxay SIPG 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 34 Fu Xuan.
Tyantszin Teda – Yang Kipeng, Jao Xonglue, Pan Ximing, Xu Rentian, Xvang Seok-Xu, Bai Yuefang(Xui Jiakang 88), Yang Liyu(Li Yuanyi 12), Guo Xao, Miraxmetjan Muzepper(Lei Yongchi 78), Gudelj, Idee.
Shanxay SIPG – Yan Junling, Vang Shenchao, Vu Lei, Oskar, Xalk, Lyu Venjun(Vei Shixao 81), Jang Xuachen(Kai Xuikang 11), Fu Xuan, Odil Axmedov, Shi Ke, Xi Guan.
Ogohlantirishlar: Fu Xuan(86), Jao Xonglue(86), Pan Ximing(90).
Fikrlar