
“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Geynrix Mxitaryan – bu futbolchini arman futboli faxri desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Boisi, Mxitaryan o‘zining yuksak iqtidori va betakror texnikasi bilan dunyoning eng nomdor jamoalaridan biri “Machester Yunayted”da muvaffaqiyatli to‘p surib kelmoqda. “Miki”(uning laqabi, muallif) terma jamoada ham yaxshi o‘yin namoyish etib kelmoqda va u terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Quyidagi maqolamiz orqali esa Mxitaryan va bu borada undan keyingi o‘rinlarda turadigan futbolchilar bilan tanishasiz.
Mavzuga oid:
>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
5-6. Edgar Manucharyan – 9 ta gol
Bu futbolchi 2004 yildan buyon mamlakat bosh jamoasida to‘p surib keladi. Bugungi kunga qadar terma libosida 50 ta o‘yin o‘tkazgan Manucharyan raqiblar darvozasini 9 bor aniq nishonga olgan. Jumladan, O‘zbekiston termasiga ham gol kiritgan.
>>Uels terma jamoasi to‘purarlari. Top-5
5-6. Markus Pizelli – 9
Markus mahalliylashtirilgan futbolchi sanaladi va u 2008 yildan buyon Armaniston termasida faoliyat yuritib keladi. 3 marta Armaniston chempionatida to‘purar bo‘lgan asli braziliyalik bo‘lgan hujumchi Armaniston terma jamoasi safida 9 bor gol kiritgan.
>>Ispaniyada tayinli hujumchi chiqmaganmi yoxud “qizil furiya” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
3-4. Gevorg Gazaryan – 10
Bugungi kunda Portugaliyaning “Maritimu” klubida faoliyat olib borayotgan Gazaryan 2007 yildan buyon terma jamoadan muntazam chaqiruv olib keladi. Bugungi kunga qadar MTJda 52 ta bahsda maydonga tushgan Gazaryan raqiblar darvozasini 10 marta nishonga olishga muvaffaq bo‘lgan.
3-4. Yura Movsisyan – 10
Movsisyan asli Ozarbayjonda tavallud topgan. Futboldagi ilk saboqlarini esa AQShda olgan Movsisyan bugungi kunda ham faoliyatini “okean orti”da davom ettirmoqda. Yura ayni paytgacha Armaniston termasi safida 10 ta gol kiritgan va unga buncha to‘p kiritishi uchun 35 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
2. Artur Petrosyan – 11
Petrosyan ushbu ro‘yhatdan o‘rin egallagan faoliyatini yakunlagan yagona futbolchidir. 1992-2004 yillarda mamlakat bosh jamoasi safida to‘p surgan Artur bu davr mobaynida 70 ta bellashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 11 bor ishg‘ol etishga erishgan. Ma’lumot o‘rnida Petrosyan hozirda Armaniston termasining bosh murabbbiyi sanaladi.
1. Geynrix Mxitaryan – 20
Armanistonning 7 karra eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Mxitaryan terma jamoada 2007 yildan buyon to‘p surib keladi. 7 ta tilda muloqot qila oladigan Geynrix bugungi kunga qadar MTJda 62 o‘yin o‘tkazgan xolda, 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqqan.
Izoh: Statistika 28.03.2017 holatiga
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar