Uels terma jamoasi to‘purarlari. Top-5

  • 24 mart, 2017, 00:51
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ko‘hna tarixga boy bo‘lgan Uels terma jamoasi u qadar katta natijalarga erishmagan. 1958-yilgi Jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borgan “ajdarlar” ushbu bosqichda bo‘lajak g‘olib – Braziliya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lganlar. Shundan so‘ng uzoq yillik tanaffusdan so‘ng uelsliklar yana o‘zlarini ko‘rsatishdi. O‘tgan yil yozda o‘tgan Evropa birinchiligida jamoa yarim finalga qadar etib bordi. Biz salkam 150 yillik tarixga ega bo‘lgan ushbu terma jamoa to‘purarlari bilan sizlarni tanishtirishni maqsad etdik.

>> MLSda o‘ynagan jahon chempionlari

>>“Real” Ronaldusiz nechta sovrin yutishi mumkin edi?

>> So‘nggi daqiqalar talvasasi

5. Din Sonders(1986-2001) – 22 ta gol


Futbolchilik faoliyatini asosan “Aston Villa” hamda “Derbi Kaunti” jamoalarida o‘tkazgan Din Sonders bugungi kunda Angliya quyi ligalarida murabbiylik bilan shug‘ullanmoqda. Sonders o‘z vaqtida mamlakat bosh jamoasi uchun 75 ta uchrashuv o‘tkazgan. E’tiborlisi bu uchrashuvlarda 22 bor raqib darvozasiga “yo‘l topgan”. Ya’ni sal kam har uch uchrashuvda bir gol to‘g‘ri keladi.

3-4. Ayvor Ollcherch(1950-1966) – 23

1950-yilda terma jamoada debyut qilgan Ayvor salkam 17 yil davomida “ajdarlar” safida 68 baxsda maydonga tushdi. Bu o‘yinlarda esa 23 bor zafar quchdi. Jumladan, 1958 yilgi mundialda ham ishtirok etdi va chorak final baxsidan boshqa barcha uchrashuvlarda to‘liq harakatlanadi.

Ford Trevor(1946-1957) – 23

Ford Trevor ham “Aston Villa”da yorqin o‘yin namoyish etgan va “Sanderlend” uelslik hujumchi uchun 30 ming funt taklif etgan. Bu narh bugunda “sariq chaqa” bo‘lsada, o‘sha davrda bu rekord summadagi transfer bo‘ladi. Trevor bor yo‘g‘i 38 o‘yinda terma safida o‘ynagan bo‘lsada, 23 bor gol urgan. Ford Trevor 2003 yili pnevmaniya kasalligidan bu yorug‘ olamni tark etadi.

2. Garet Beyl(2006-…) – 26


Zamonamizning eng tezkor futbolchilaridan biri termadagi faoliyatini o‘smirlar jamoasidan boshlagan. U Uelsning turli yoshdagi jamolarida harakat qilgan. Beyl termadagi 10 yillik faoliyati davomida 60 dan ortiq baxsda o‘yinda ishtirok etgan holda 26 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U endi 27 yoshdaligini inobatga oladigan bo‘lsak bu natijalarning salmog‘i ham oshishi tabiiy.
1. Ian Rash(1980-1986) – 28


80-90 yillarning britan futbolidagi goleador futbolchilardan biri Uels terma jamoasida 16 yil to‘p tepgan. Shu vaqt davomida esa 73 bor maydonga tushgan Rash 28 ta golga mualliflik qilgan. Bu natijani esa yaqin orada Garet Beyl yangilashi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!