
Rasman! "Buxoro"ning yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi
Yaqinda “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi va rahbariyatida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 2015 yilgi mavsumning ikkinchi davrasidan bugungi kunga qadar faoliyat olib borgan bosh murabbiy Jamshid Saidov va maslahatchi murabbiy Tachmurod Agamurodov isto’foga chiqishdi.
Bugun jamoaning yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi. Futbolchi sifatida barchaga yaxshi tanish Ulug‘bek Baqoev “Buxoro”ning bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Shuni ham aytish o‘rinliki, bu borada SPORTS.uzning taxmini to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
O‘zbeksiton va olimpiya terma jamoasining sobiq ustozi Vadim Abramov ham faoliyatini “Buxoro”da davom ettiradigan bo‘ldi. Vadim Karlenovich “Buxoro”da maslahatchi murabbiy lavozimida faoliyat yuritadi.
Jamoaning katta murabbiyi vazizifasi Shuhrat Fayzievga, darvozabonlar murabbiyi lavozimi esa Nurillo Habibovga yuklatildi.
Murabbiylar shtabi selektsiya ishlarini boshlab yuborishdi va yaqin kunlarda jamoa yig‘inlarni davom ettiradi.
Fikrlar