
“Rostov” – “Manchester Yunayted” uchrashuviga oid 10 ta fakt
Bugun “Manchester Yunayted” jamoasi Evropa ligasi 1/8 finali doirasida “Rostov”ga qarshi bahs olib boradi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur o‘yinga aloqador bo‘lgan ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Mavzuga oid: “MYu”ning bugungi raqibi o‘zimizning “Lokomotiv”ga o‘xshaydi?
1. Bu jamoalar oldin o‘zaro umuman to‘qnash kelishmagan;
2. “MYu” rus klublariga qarshi 9 bor o‘ynagan bo‘lsa, faqatgina ikki bor g‘alaba qozongan xolos. 6 ta bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan bo‘lsa, qolgan bir o‘yinda “qizil iblislar” rus klublariga imkoniyatni boy bergan;
3. “Rostov” evrokuboklar doirasida o‘z maydonida kechgan so‘nggi 7 bellashuvning faqat bittasida imkoniyatni boy bergan: 3 g‘alaba, 3 durang va bir mag‘lubiyat;
4. “MYu” Evropa ligasida ketma-ket 4 ta bellashuvda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan 11-jamoa sanaladi;
5. “Rostov” ilk bor evrokuboklarning bahorgi mavsumiga yo‘l oldi. EChLni qo‘shib hisoblaganda donliklar bu mavsum evrokuboklarda 13-o‘yinini o‘tkazmoqda;
6. “MYu” shu vaqtga qadar barcha evrokuboklarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Faqat, EL(UEFA kubogi) bundan mustasno. “Qizil iblislar”ning mazkur turnirdagi eng yaxshi natijasi – chorak final bo‘lgan;
7. Manchesterdan Rostovgacha bo‘lgan masofa tahminan 3000 kmni tashkil etar ekan;
8. Xabaringiz bor, bu mavsum EL finali Shvetsiyaning Soln shahridagi “Frends Arena”dab bo‘lib o‘tadi. Hozirda esa ushbu musobada 12 nafar shved futbolchisi to‘p surmoqda. Ulardan biri Zlatan Ibragimovichdir. Ajabmas, Zlatan o‘z Vatanida o‘tadigan finalda to‘p sursa;
9. Mazkur o‘yin 24 ga endi to‘ladigan Pol Pogba uchun evrokuboklardagi 50-o‘yin bo‘lishi kutilmoqda;
10. Joze Mourino so‘nggi bor mazkur turnirda 2002/03 yilgi mavsumda ishtirok etgan. O‘shanda portugaliyalik mutaxassis “Portu” bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ko‘ramiz, bus afar nima bo‘lar ekan…
Tavsiya etamiz:
- Ham “Barselona”, ham “PSJ”da o‘ynagan 6 ta eng yaxshi futbolchi
- “Barselona” darvozasini EChLda “ilma-teshik” qilgan jamoalar
- “Barselona” – “PSJ ” uchrashuviga oid 12 ta fakt
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar