
“Barselona” darvozasini EChLda “ilma-teshik” qilgan jamoalar
Kecha EChL 1/8 finali dastlabki bellashuvida “PSJ” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi va kataloniyaliklar ustidan yirik – 4:0 hisobida zafar quchdi. Shu munosabat bilan esa bugun biz “PSJ” singari EChL tarixida “Barsa” darvozasiga 4 ta to‘p kiritishni uddalagan jamoalar bilan sizlarni tanishtiramiz.
Echl. 1/8 finalda to‘p suruvchi jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
EChL-1993/94. Final
“Milan” 4–0 “Barselona”
Bu erda Ronaldu va Messiga o‘rin yo‘q yoxud evropaning eng yaxshi driblingchilari
EChL bahslarida “Barselona” darvozasiga 4 ta gol kiritish ilk bor “Milan”ga nasib etgan edi. Yana deng, finalda! Yarim finalda “Monako”ni ortda qoldirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Fabio Kapello boshqaruvidagi “rossonerilar” finalda Yoxan Kroyff murabbiyligidagi “Barselona”ni rosa “po‘stagini qoqadi”. Afina shahri mezbonlik qilgan mazkur finalning dastlabki bo‘limida Daniele Matsarro “dubl”ga erishib, italyanlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga kelib Deyan Savichevich xamda Marsel Desayilar tomonidan kiritilgan gollar hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirgan edi.
EChL-1997/98. Guruh bosqichi.
“Barselona” 0–4 “Dinamo Kiev”
Lui van Gaal boshqaruvidagi “Barsa” guruh bosqichiga o‘tish uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida Latviyaning “Skonto”sini arang yutgan edi. Guruh bosqichida “Nyukasl”, “PSV” va “Dinamo” bilan bir kvartetdan joy olgan kataloniyaliklar o‘tkazilgan 6 ta o‘yinda 5 ochko jamg‘aradi xolos. Valeriy Lobanovskiy boshliq “Dinamo Kiev” van Gaalning “Barselona”sini shunchaki “g‘ajib” tashlagan edi. Kievda Rebrov, Maksimov va Kalivintsevlarning gollari evaziga ukrainaliklar 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsalar, “Kamp Nou”da esa “Dinamo” istaganini qilgan edi – 4:0. Bu safar Andrey Shevchenko “xet-trik” qayd etgan bo‘lsa, Rebrov ham o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ygan edi.
EChL-1999/00. Yarim final.
“Valensiya” 4–1 “Barselona”
Yana o‘sha van Gaal boshqaruvidagi jamoa. Ammo bu safar “Barselona” mavsumni ko‘tarinki ruxda o‘tkazib, yarim finalga qadar etib keladi. Mazkur bosqichda esa Ektor Kuper boshliq “ko‘rshapalaklar” van Gaal jamoasini sira ayab o‘tirishmaydi va natijada hisob 4:1. Darvoqe mezbonlar darvozasiga kiritilgan yagona gol ham avtogol mahsuli ekanligini aytish yodimdan ko‘tarilibdi. Javob o‘yinida kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsalarda, bu hisob final yo‘llanmasi uchun kamlik qilgan edi.
Yulduzlar fabrikasi – “Cevilya”
EChL-2004/05. 1/8 final
“Chelsi” 4–2 “Barselona”
Dastlabki bellashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan Frank Raykard shogirdlari “Stemford Bridj”dagi javob o‘yinining 20-daqiqasidayoq 3:0 hisobida ortda borayotgan edi. Ammo Ronaldino tomonidan kiritilgan ikki goldan so‘ng barchasi “Barsa” uchun xayrli yakun topayotgan edi. Toki, Jon Terri to‘p kiritib hisobni 4:2 ko‘rinishiga kelturganiga qadar. E’tiborlisi, mazkur o‘yinda “dubl” qayd etgan Ronaldino uning faoliyatidagi eng qiyin o‘yini so‘ralganida, braziliyalik futbolchi aynan “Chelsi”ga qarshi o‘yin deb javob bergan edi.
“Real” gvardiyachilari. Top-12
EChL-2012/13. Yarim final.
“Bavariya” 4–0 “Barselona”
Bu o‘yin xali hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Pley-offda “Milan” xamda “PSJ”ni ortda qoldirib chiqqan marhum Tito Vilanova boshqaruvidagi “Barsa” Yupp Xaynkesning “Bavariya”si oldida ojiz qolgan edi. “Alyants-Arena”da 4:0, “Kamp Nou”da 3:0, umumiy hisob 7:0.
“Hamma hujumga” yoxud bu mavsum top-5 jamoalari orasida eng ko‘p gol kiritgan 5 ta jamoa
EChL-2016/17. 1/8 final.
“PSJ” 4–0 “Barselona”
Kecha Luis Enrike jamoasi har jabhada raqibdan ortda qoldi. Faqat, to‘p nazoratini inobatga olmaganda. Ammo ushbu ko‘rsatkich amalda hech narsani hal etmasligi esa barchamizga ayon. Eng qizig‘i “blaugranaslar” 90 daqiqa davomida faqat bir bor Trapp darvozasiga aniq zarba yo‘llashganidir. Bunday holat ham aynan 2013 yilda “Bavariya” bilan sodir bo‘lgan edi va o‘shanda “Barselona” ayanchli tarzda turnirni tark etagn edi. Bu safar nima bo‘lishini esa 8 mart oqshomida bilib olamiz.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar