
Serxio Ramos qayd etgan 4 ta “dubl”
Kecha EChL 1/8 final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Italiyaning “Napoli” klubi o‘z maydonida “Real”ni qabul qildi va 1–3 hisobida imkoniyatni boy berdi. E’tiborlisi, madridliklar himoyachisi va sardori Serxio Ramos mazkur o‘yinda “dubl” qayd etib, “Real”ning irodali g‘alabasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Biz esa, shu munosabati bilan Ramos qayd etgan “dubl”lar bilan sizlarni tanishtiramiz.
Mavzuga oid: “Napoli” – “Real” uchrashuviga oid 11 ta fakt
Turnir: La liga
Mavsum: 2007/08
Raqib: “Levante”
So‘nggi turda “Levante”ni qabul qilgan Bernd Shusterning “Real”i yirik – 5:2 hisobida g‘alaba qozonadi. E’tiborlisi, Ramos o‘sha bahsda jamoasining 3 va 4-gollariga mualliflik qilgan edi.
Turnir: EChL
Mavsum: 2013/14
Raqib: “Bavariya”
O‘sha mavsum xalqaro arenada “”Real”ga teng keladigani topilmagan. Madriddagi o‘yinda 1–0 hisobida g‘alaba qozongan Anchelotti shogirdlari Myunxendagi bahsda barchasini birinchi bo‘limning o‘zidayoq xal etib qo‘ya qolgan edi. Ramos va Ronaldular o‘sha bahsda “dubl” qayd etgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.
Turnir: La liga
Mavsum: 2016/17
Raqib: “Malaga”
21 yanvar oqshomida bo‘lib o‘tgan “Malaga”ga qarshi bahsda “katta sahna”ga yana Ramos chiqadi. “Real” sardori 35 va 43-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlar bunga faqat bir bor javob qaytara olgan xolos.
Turnir: EChL
Mavsum:2016/17
Raqib: “Napoli”
Kechagi o‘yinda esa Ramos standart vaziyatlardan juda samarali o‘ynadi. To‘g‘ri, ayrim manbalarda ikkinchi gol Dris Mertens nomiga avtogol yozilgani qayd etilgan. Biroq…
- “Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak
- A Seriyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 5 futbolchi
- “Real” haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar