
“Uembli”dagi chempionlik jangiga chiqarilgan chiptalar sotuvi rekord o‘rnatdi
Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53) o‘zining navbatdagi jangini 29 aprel kuni IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshuaga (18-0, 18 KO) qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Mazkur jang Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida tashkil etiladi. Ushbu jang uchun chiqarilgan chiptalarning birinchi qismi (50000) bir kecha-kunduzdayoq sotib bo‘lindi. Kecha stadionga kirish huquqini beradigan chiptalarning ikkinchi qismi eng arzonidan tortib, eng qimmatigacha tezlik bilan o‘z egalarini topmoqda.
Joshua promouteri va tashkilotchilardan biri Eddi Xirn “Uembli” rahbariyatidan yana 5000 joy qo‘shishini so‘ragan, biroq bu iltimos amalga oshirilish-oshirilmasligi hozircha noma’lum.
Fikrlar