Bahodir Jalolovni engadigan bokschi bor ekan

  • 2 iyun, 2023, 00:10
  • 1
  • Futbol

1999 yilgi jahon chempionati g‘olibi va ikki karra Olimpiada vitse-chempioni Bulat Jumadilov Meta-ratings.kz saytiga bergan intervyusida Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘zbek va qozoq bokschilari raqobati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

bahodir-21

Sports.uz portali e’tiboringizga ushbu suhbatni o‘zbek tilida havola etadi.

- Bulat Nuretdinovich, qozog‘istonlik bokschilar jahon chempionatida 4 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqdi. Terma jamoaning bu muvaffaqiyati nima bilan bog‘liq, deb o‘ylaysiz?

- Yigitlarning ishtiyoqi yuqori edi va musobaqada munosib qatnashishdi. Murabbiylar shtabi jiddiy ish olib borgani ko‘rinib turibdi. Bu qozog‘istonlik murabbiylarning xizmati. O‘zbekistonning iqlim sharoiti bizga mos va vaqt tafovuti juda kichik ekani ham foyda berdi. Bu borada hammasi terma jamoamiz uchun omadli keldi.

- Toshkentdagi jahon chempionatida qaysi qozog‘istonlik bokschi siz uchun kashfiyot bo‘ldi?

- Hammasi ham yaxshi qantashdi, munosib saviyani ko‘rsata oldi. Ko‘proq 54 kilogramm vazn toifasidagi Mahmud Sobirxonning bokschi yoqdi. Tempni oshirib bordi, hujumlarni takrorladi va har doim vaziyatni keskinlashtirdi. U yuqori klassli bokschi.

- Sanjar Tashkenbay Temirtas Jusupovning o‘tgan yilgi muvaffaqiyatini takrorladi. 48 kilogramm vazn toifasini “qozoqlarning vazni”ga aylantirish imkoni bormi?

- Sanjarga ham balli. Tashkenbay Toshkentdagi muvaffaqiyatga mehnat va talant bilan erishdi. Terma jamoada Temirtas Jusupovdek tajribali bokschi bilan raqobatlashgani uning o‘sishida va jahon chempioni bo‘lishida muhim omil hisobalanadi. Avval 69 kilogramm vazn toifasini o‘zimizniki qilib olgandi, bu vaznni “qozoqlarniki”, deyishardi. Lekin bunaqa gaplarni nima keragi bor? Gap bunda emas. Osiyoliklar doim bu vaznda etakchi bo‘lgan.

Sanjaram Toshkentda yaxshi qatnashji. Uning tug‘ma ko‘rsatkichlari yaxshi, asabi mustahkam. Aqlli yigit.

- 2021 yilgi jahon chempioni Saken Bibosinov kutilmaganda birinchi jangida hindistonlik Dipakka yutqazib qo‘ydi. Mag‘lubiyat adolatli bo‘ldimi yoki gap hakamlikdami?

- Jangdan keyin qo‘lingni ko‘tarishmadimi, demak yutqazding. Yana nima deyish mumkin? Biz ringga chiqqan davrlarda ham shunday bo‘lgan. Bu haqda ko‘p gapirish, tortishish mumkin. Lekin endi bundan nima foyda? Umumiy hisobda jamoa yaxshi natija qayd etdi, nega hafa bo‘lish kerak?

- Qamshibek Kunkabaev yana Bahodir Jalolovni enga olmadi. Nima deb o‘ylaysiz, bugun Qozog‘istonda Jalolovni yutishga qodir bokschi bormi yoki  Bahodir o‘ta og‘ir vazn toifasida tengsizmi?

- Agar Kunkabaev yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa, o‘zi ham Jalolovni enga oladi. Hozir bu erda o‘tirib, Qamshibekka jangda g‘alaba uchun nimalar etishmaganini aytib o‘tirishdan nima naf? Unga nima etishmaganini o‘zi juda yaxshi biladi.

Agar jangda nimadir boshqacha ketgan bo‘lsa,  bu xatolarning barchasini to‘g‘rilash kerak va keyingisida hammasi joyiga tushishi mumkin. O‘ylashimcha, Qamshibek jangdan jangga yaxshi boks tushyapti.

bahodir-07_2

- Toshkendagi jahon chempionatida O‘zekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov musobaqaning eng yaxshi bokschi, deb tan olindi. Jahon chempionatida qaysi qozog‘istonlik bokschi bu sovrinni olishi mumkin edi?

- Hasanboyning janglarini e’tibor bilan tomosha qilmadim va shuning uchun ham hozir ob’ektiv baho berolmayman. Mahmud Sobirxon hayratga soldi va unga ham bu sovrinni berish mumkin. Bizda ham zo‘r bokschilar ko‘p.

Raqiblar Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishga qo‘rqyapti!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Umidjonsobitov3gmail.com
22/05/2023 21:45
Шу жалаловни енгиб овозини учириб куйинглар жонга тегди махтанавериши