Yana Bahodir Jalolov haqida...

  • 6 may, 2023, 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Rossiyaning “Match TV” telekanali jurnalisti Vasiliy Konov Sports.kz saytiga bergan intervyusida Toshkentdagi jahon chempionatida ringga chiqqan o‘ta og‘ir vazn toifasidagi bokschilar – Alesey Dronov, Qamshibek Kunkabaev hamda Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi.

- Qamshibek Kunkabaevni g‘alaba bilan tabriklash kerak. Haqiqatan, zo‘r jang bo‘ldi va bu bahs jahon chempionatining dastlabki bosqichini bezadi. Qozog‘iston tomondan fanatlar ko‘p bo‘ldi, rossiyaliklar delegatsiyasi ham o‘z sportchisini faol qo‘llab-quvvatladi.

photo_194995

Agar raundlar bo‘yicha tahlil qilsak, Aleksey Dronov birinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi. Qamshibek raqib uslubiga moslashib, ikkinchi va uchinchi raundlarda unstunlik qildi. Keskin va murosasiz bahsdagi g‘alabaga Qozog‘istonlik bokschi munosib ko‘rildi.

- Dronov uchun bu alamli mag‘lubiyat bo‘ldimi?

Aleksey Dronov yosh og‘irli vaznli bokschi. Uzoq yillardan beriuni kuzatib kelaman va aytishim mumkinki, katta o‘sishga erishyapti. Kelajakda Dronov Rossiya boksida etakchilardan bo‘ladi. Kunkabaevga kamida finalgacha borishini tilayman.

- Bu jangni WBA va IBF yo‘nalishlari sobiq chempioni Denis Lebedev bilan muhokama qilganingni bilaman...

- Ha, Denis ham mening fikrimga qo‘shildi. U qozoq bokschisiga muvaffaqiyat tiladi va Alekseyning saviyasi yaxshi ekanini ta’kidladi. Eng muhimi, Dronov bu mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarsa, kelajakda hammasi yaxshi bo‘ladi.

- Qamshibek Kunkabaevning agar o‘zaro to‘qnashuv yuz bersa, Bahodir Jalolovdan revansh olish imkoniyatini qanday baholaysan?

- Bahodir Jalolov vazni 92 kilogrammdan oshiq bokschilar o‘rtasida jahon chempionatining yaqqol favoriti. Uni butun tribuna qo‘llab-quvvatlayapti. Uning birinchi jangiga qarab baho berishim mumkin. Arena liq to‘la edi, bo‘sh joy qolmagandi, hamma uni qo‘llab-quvvatlardi.

O‘zbekistonda unga e’tibor juda kuchli. Bunday mas’uliyat oldida kuyib qolish hech gap emas, lekin bunga asos bor, deya olmayman. Jalolov juda ham tajribali sportchi.

Og‘ir vaznda hammasini bitta aniq zarba hal qilishi ham mumkin. Lekin men shunday deyman: Jalolov – musobaqaning yaqqol favoriti. Agar u oltin medal ololmasa, men qattiq hayratga tushaman.

maxresdefault_3

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov jahon chempionatidagi dastlabki jangini Bahrayn terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan asli rossiyalik Danis Latipovga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv davomida hamyurtimiz raqibini katta ustunlik bilan engdi.

Bahodir Jalolov bungacha Latipov bilan ikki bor – Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi musobaqalarda  to‘qnash kelib, ularda ham raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi.

Toshkentdagi jahon chempionatida eng katta qiziqishga sabab bo‘layotgan janglardan biri Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda. Agar bu ikki bokschi saralash janglarini muvaffaqiyatli yakunlasa, musobaqaning chorak finalida o‘zro ro‘baro‘ keladi.

Hozirgacha Bahodir hamda Qamshibek sakkiz marta ringda to‘qnash kelgan va umumiy hisob 5:3 ko‘rinishida o‘zbek bokschisi foydasiga hal bo‘lgan.

Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev jangdan oldin uchrashdi (foto)

Jalolovga kuchli raqib tushdi yoxud Kunkabaev bilan to‘qnashuv qachon?

Bahodir Jalolov jahon chempionligi yo‘lida asosiy raqiblarini aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ibroximmm
05/05/2023 18:09
Фахрлан узбек боксчиси Билан накадар ёкимли мактовлар футболистларни хам шундай мактасинчи