Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

  • 1 iyun, 2023, 22:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolida tezlik muhim rol o‘ynaydi. Bu xususiyat futbolchining eng katta yutuqlaridan hisoblanadi va alohida qadrlanadi.

Tecno

Statistika espertlari har bir chempionat, o‘yin va jamoaning eng tezkor futbolchilari natijalarini qayd etib boradi. Tezlik asosan hujumkor o‘yinchilarning asosiy qurollaridan biri hisoblanadi. Himoyachilar ham shiddat bilan yugura oladigan hujumchilar bilan bahslashish uchun o‘z tezligini oshirish borasida bosh qotiradi.

Italiya chempionatida ham sprinter sifatida nom qozongan futbolchilar bor.  Masalan, “Milan” himoyachisi Teo Ernandes (33,7 km/s), “Lechcha” hujumchisi Lame Banda (33,7 km/s), “Bolonya” forvardi Rikkardo Orsolini (33,8 km/s), “Torino” himoyachisi Vilfred Stefan Singo (33,9 km/s) o‘z tezkorligi bilan ajralib turadi.

0a8f9b3146ee92ca24c4a7b7e628d7b8c5dc53b7

Hal qiluvchi pallaga kirgan A Seriyaning 35-turida “Spetsiya” himoyachisi Pshemislav Vishnevski “Milan”ga qarshi g‘alabali uchrashuvda ko‘rsatgan tezlik statistika mutaxassislari e’tiborini tortdi.

Polshalik futbolchi o‘yin davomida soatiga 33,6 kilometr tezlik qayd etdi. Ekspertlar e’tiborini boshqa narsa o‘ziga jalb etdi. Vishnevski yuqorida nomi sanalgan sprinterlardan farqli ravishda jismoniy ko‘rsatkichlari tezkorlikka xos emas.

24 yoshli futbolchining bo‘yi 195 santimetr va vazni 90 kilogrammni tashkil qiladi. Bu gavda va vazn bilan tez yugurish ancha mushkul. Vishnevski “Milan”ga qarshi bahsda porladi, A Seriyadagi birinchi golini ham urdi.

10464025

“Spetsiya” futbolchilari orasida eng tez yuguradiganlaridan biri Eldor Shomurodov hisoblanadi. Eldorning ham bo‘yicha etarlicha baland, biroq vazni jamoadoshiniki singari og‘ir emas.

Esingizda bo‘lsa, Eldor Shomurodov “Roma”ning hozircha yagona sovrini bo‘lib turgan Konferentsiyalar ligasidagi ko‘rsatkichlari alohida e’tirof etilgandi.

Konferentsiyalar ligasining ilk mavsumi nihoyasiga etgach, UEFA rasmiy sayti klublarning turnirdagi statistik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bergan edi.

E’tiborlisi, Konfederatsiyalar ligasida eng katta tezlikni qayd etgan «Roma» o‘yinchisi Eldor Shomurodov bo‘ldi. Turnirda 9 o‘yinda maydonga tushgan legionerimizning tezkorlik bo‘yicha maksimal natijasi 33,6 km/soatni tashkil qilgan.

gettyimages-1451586925-2048x2048

Eldor bu ko‘rsatkich bo‘yicha evropalik jamoadoshlari Nikolo Dzanola (32 km/s) va Temmi Abraxamni (21,9 km/s) ortda qoldirgandi.

Endi ko‘rish mumkinki, Pshevislav Vishnevski ham tezkorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha Eldor Shomurodov natijasini takrorlashni uddaladi.

Shomurodov porlagan jamoa A Seriya masalasini hal qildi!

Legionerimiz gol qanday urilishini ko‘rsatib qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!