Fayzullaev “Barselona”da o‘ynamoqchi...

  • 26 oktabr, 2023, 23:59
  • 0
  • Futbol

O‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan edi. Legionerimiz ayni paytda Rossiya Premer-ligasining eng omadli transferlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Abbosbek TsSKAning chempionatdagi oxirgi beshta uchrashuvidan uchtasida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

30640.120880.789_1

Legionerimizning yorqin o‘yini tufayli https://bobsoccer.ru sayti Fayzullaev bilan intervyu uyushtirdi.

O‘zbek futboli ishqibozlari e’tiboriga ushbu suhbatni havola etamiz.

- Premer-liganing o‘tgan turida raqiblar eng ko‘p sizga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Sizga alohida e’tibor qaratishayotganini his qilyapsizmi? Raqiblar tomonidan qo‘llanilayotgan turli provokatsiyalarga tushib qolmaslik uchun o‘zingizni qanday tayyorlayapsiz?

- Har doim menga nisbatan ko‘p fol ishlatishadi, oyog‘imga ko‘p tepishadi. Hammasi bolaligimdan boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Raqblar menga qarshi harakatlanishga ulgurmay qolladi va qoidani buzadi.

Men o‘zimni bunday holatlarga tayyorman, deb o‘ylayman. Bu yoqimsiz vaziyat, ammo unga bosiq munosabatda bo‘lish kerakligini tushunaman. Futbol shunaqa. Hamma yutish, kurashish istagida o‘ynaydi.

- TsSKA qiziqayotganidan xabar topguningizcha Rossiya chempionatini kuzatib borarmidingiz? Sir bo‘lmasa, qaysi jamoaga muxlislik qilgansiz?

- Rossiya futbolini tomosha qilardim. Lekin TsSKAga o‘tgunga qadar hech qaysi jamoaga alohida ishqibozlik qilmaganman. Bu erda Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov to‘p tepgan va men ularning ishtirokini kuzatardim. Shomurodov o‘ynagani uchun “Rostov”ga ko‘proq e’tibor qaratganman.

- TsSKA tarkibidagi futbolchilardan qay biri sizga yoqadi va nima uchun?

- Men har doim Igor Akinfeev yoqqan. TsSKA afsonasi! Men jahon chempionatida Akinfeev Ispaniya bilan o‘yinda penaltini qaytarib, Rossiya terma jamoasining chorak finalga chiqishiga yordam berganini ko‘rganman.

- Jahon futboli yulduzlaridan kim o‘z o‘yini bilan sizga o‘rnak bo‘lgan? Xorij klublaridan qaysilariga muxlislik qilasiz?

- Bolaligimdan “Barselona” ishqiboziman va o‘yinlarini tomosha qqilaman. Lionel Messi kumirim. O‘yin uslubi jihatidan Filipe Koutino ham yoqadi. “Barselona” sevimli jamoam. Men hach qachon “Kamp Nou”da bo‘lmaganman, lekin  kelajakda o‘sha erda o‘ynashni istayman. Shunga intilaman.

gettyimages-1491809946-612x612

Umuman olganda, hozir bu haqda gapirishning mavridi emas. Ayni paytda TsSKAga moslashib oldim va shu erda o‘ynashni hoxlayman va bor e’tiborimni jamoaga yordam berishga qaratganman.

- Futbolchi sifatida qaysi xususiyatlaringizni o‘zingizning kuchli tomoningiz deb bilasiz va yana nimalar ustida ishlashingiz kerak?

- Kuchli jihatim to‘p bilan ishlash. Jismoniy quvvat va yakkakurashlarda imkoniyatimni oshirishim ustida ishlashim kerak. Rossiya futbolida kurash ko‘p, bunga ko‘nikish kerak, mana shunisi bilan bu chempionat murakkab.

- TsSKA asosiy tarkibiga bu qadar tez yorib kirishingizga nima sabab bo‘ldi? Shuningdek, bu yoshda o‘zingizga bunchalar ishonishni qanday uddalayapsiz? Endigina 20 yoshga qadam qo‘ydingiz-ku.

- Asosiy sababi bu erda yaxshi jamoa jamlanganida. Yigitlar meni juda zo‘r qabul qilishdi, hamma narsada yordam berishdi, buning uchun ularga katta rahmat.

Bundan tashqari, rus tilini bilio‘im juda katta rol o‘ynadi. Erkin muloqot qila olish,  jamoaga  tezroq qo‘shilib ketishga ko‘proq imkon beradi.

O‘zbekistonda odamlarning aksariyati rus tilini yaxshi biladi, maktablarda hali ham rus tili o‘rgatiladi. Qo‘shimchasiga, men “Paxtakor”da ulg‘ayganman. Murabbiyimiz ruscha gapirardi. Boshida bu tilni yaxshi bilmaganman, keyin tahsil jarayonida o‘rganib oldi.

O‘zimga bo‘lgan ishonch esa, xarakterimning qirralaridir.

- Qay biri ko‘proq quvontiradi: o‘zingiz gol urishingizmi yoki chiroyli golli pas uzatishmi? Yana yulduzlik kasaliga uchrashdan qo‘rqmaysizmi, chunki ko‘pgina yosh futbolchilar yorqin debyutdan keyin o‘zini yo‘qotib qo‘yadi?

- Gol urish juda yoqadi, lekin lekin golli paslar ham zavq bag‘ishlaydi. Eng asosiysi, harakatlarim TsSKA g‘alabasiga yordam berishi.

G‘alaba qozonish muhim, chunki biz o‘z muxlislarimizni imkon qadar ko‘proq xursand qilishni istaymiz. Qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun ularga katta rahmat. Bu bizga juda qo‘l keladi.  Hammani “Krasnodar” bilan bo‘ladigan o‘yinga taklif qilib qolaman.

1291339830-1695621396-Oleg-post-material

Savolingizning ikkinchi qismiga ishonch bilan  menda yulduzlik kasali yo‘qligini va hech qachon bo‘lmayligini ayta olaman. Nega bunga bunchalar ishonyapman? Chunki amakim har doim kamtarin bo‘lishga  va o‘z ustimda ishlashni taxtatmaslikka o‘rgatgan. Shundagina oldimdagi maqsadlarga eta olishimni tushuntirgan. Bu gaplarni har doim yodimda saqlayman va juda muhim, deb bilaman.

Superkompyuter Fayzullaev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi

Evropadan futbolchilarimiz chempionligiga munosabat bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!