Evropadan futbolchilarimiz chempionligiga munosabat bo‘ldi

  • 25 oktabr, 2023, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qozog‘iston Premer-ligasida “Ordabasi” jamoasi o‘zining 74 yillik tarixida ilk bor mamlakat chempionlikka sazovor bo‘ldi.

Chimkent klubining muvaffaqiyatida o‘zbek futbolchilari – Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarovning ham hissasi katta bo‘ldi. Legionerimiz gol urgan uchrashuvlarda chimkentliklar 27 ochko jamg‘ardi. Umumiy hisobda esa, yangi chempion 25 ta bahsda jami 58 ochkoni qo‘lga kiritdi.

photo_2023-10-22_20-53-57-696x866

Shahboz Umarov chempionatda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta assist qayd etdi. Jamoaning barcha o‘yinlarida qatnashgan yagona futbolchi – Bobur Abduxoliqov raqiblar darvozasiga ettita to‘p kiritib, to‘rtta assist qayd etdi.

“Ordabasi”ning tarixiy g‘alabasiga Belarus futbolini yoritayotgan etakchi jurnalistlardan Nikolay Xodasevich munosabat bildirdi.

Bu mutaxassis chimkentliklarning chempionlikka erishishida belaruslik bosh murabbiy va o‘yinchilar, shuningdek, bu mamlakat oliy ligasida porlagan o‘zbek futbolchilarining xizmati katta bo‘lganini e’tiroq etdi.

Bosh murabbiy Aleksandr Sednev Qozog‘istonga moslashib olishi uchun etarlicha vaqtga ega bo‘ldi. Tajribali mutaxassis bu erdagi tizimni yaxshi tushunib oldi. Bu mavsum muvaffaqiyatga erisha oladigan jamoa tuzdi.

Avvalroq, belaruslik murabbiy Qozog‘iston kubogida g‘olib chiqqan edi. Tez orada yana bir final bo‘ladi va unda yana bir sovrinni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat etarli.

“Ordabasi” tarkibida bizga Belarus futboli orqali yaxshi tanish bo‘lgan o‘yinchilar bor. Bular belaruslik Vsevolod Sadovskiy, oliy ligada o‘ynagan Shahboz Umarov, Vlad Vasilev va Bobur Abduxoliqov. Bu o‘yinchilarning barini Belarus chempionatida yaxshilik bilan eslaymiz.

Bu futbolchilar ligaga sifat olib kirgan, zo‘r o‘ynagan, ular hammaning e’tiborini o‘ziga qaratishga erishgan.

Mana endi “Ordabasi” Qozog‘iston chempioni bo‘lganida bu yigitlar va belaruslik murabbiy uchun juda xursand bo‘lyapmiz. Ikkinchi tomondan esa, keyingi yillarda Belarus futboli legionerlardan ayrildi va futbol darajasi pastladi. Agar vaziyat boshqacha bo‘lganida bu futbolchilar hali ham Belarus maydonlarida o‘ynab yurgan bo‘lardi, - deb yozdi Nikolay Xodasevich.

Eslatib o‘tamiz, Shahboz Umarov 2020 yilning boshidan 2022 yilning yozigacha Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” va BATE klublari sharafini himoya qilgan. Biroq 2022 yilgi mavsum oldidan BATJ bosh murabbiyining qo‘pol muomalasi tufayli u bilan kelisha olmay qoldi. Sun’iy tarzda tarkibga kiritilmagan legionerimiz yarim mavsum futboldan uzoq yurdi va Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Bobur Abduxoliqov esa, 2022 yilgi mavsumda Buleras chempionati qahramoni bo‘ldi. “Energetik-BGU” tarkibida o‘ynagan hamyurtimiz chempionatning eng yaxshi futbolchisi, eng samarali o‘yinchisi va to‘purarlar poygasi g‘olibi bo‘ldi. To‘purarlik borasida bir necha rekordlarni yangiladi. Abduxoliqov Belarus chempionatida eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

6411d88d1e8b0

Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov jamoasi endi 4 noyabr kuni Qozog‘iston kubogi finalida “Tobol” bilan kuch sinashadi.

Husanov Chempionlar ligasida debyut qilishini kutyapmiz. Bugungi o‘yinga oid 7-fakt!

O‘zbek futbolchilar gol urgan uchrashuvlarda yutqazmagan jamoa tarixda ilk bor chempion bo‘ldi

Ekspert Shomurodov nega gol ura olmayotganini tahlil qilib berdi

Ekspert: Muammo Shomurodovda emas, bunaqada hech qaysi hujumchi o‘zini ko‘rsata olmaydi!

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!