Hammasi jiddiy: Rossiyalik jahon chempioni Bahodir Jalolovni “duel”ga chaqirdi!

  • 20 may, 2023, 08:31
  • 0
  • Boks

Bahodir Jalolov bugungi kunda o‘ta og‘ir vazn toifasida dunyoning eng zo‘r bokschisi hisoblanadi. Havaskorlar o‘rtasida unga etadigani yo‘q.

Hamyurtimiz 2019 yili Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida ilk bor jahon chempioni bo‘lgandi. Orada – 2021 yili Serbiya mezbonlik qilgan mundialda qatnashmadi. Biroq, yaqinda Toshkent shahri birinchi marta qabul qilgan jahon chempionatida yana bir karra o‘z vaznida tengsiz ekanini isbotlab, ikkinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Bahodir Jalolov Olimpiya o‘yinlarining amaldagi chempioni va “Parij-2024”da ham bu sharafli nomga asosiy da’vogar sifatida muxlisu mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.

2021 yili Bahodir Jalolov qatnashmagan jahon chempionatida chempionlik unvoni barcha raqiboarini enggan yangi nom - rossiyalik Mark Petrovskiyga nasib qilgan edi.

756702558909472

24 yoshli rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Serbiya ringlarida yamaykalik Rikardo Braun, germaniyalik Nelvi Tiafak, ekvadorlik Jerlon Kongo, Trinidad va Tabogo vakili Nayjel Pol ustidan g‘alaba qozonib, final chiqqan edi.

Petrovskiy hal qiluvchi so‘nggi armanistonlik David Chaloyandan ustun keldi.

Endi Mark Petrovskiy o‘ta og‘ir vazn toifasida eng zo‘r bokschi ekanini isbotlamoqchi. “Match TV” jurnalistlari uning bu boradagi fikrlarini e’lon qildi.

- Albatta, men jahon chempionatini kuzatib bordim, terma jamoamiz uchun muxlislik qildim, o‘z vazn toifamdagi janglarga alohida e’tibor qaratdim.

Terma jamoamiz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapti. Avvalgi jahon chempionatida bitta oltin medal bo‘lgandi. Bu gal bir juft bo‘ldi.

Keyingi jahon chempionatida yana bir oltin medal keltirish uchun Rossiya terma jamoasi safida bo‘lishga harakat qilaman. Mening vaznimda Toshkentdagi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi. U Olimpiada chempioni ham.

Darvoqe, 2021 yilgi jahon chempionatiga u tomoshabin sifatida kelgandi. Men u bilan sparring tushganman. Qachondir u bilan ringda to‘qnash kelamiz.

- Professional ringdami yoki havaskorlar boksida?

- Unisida ham, bunisida ham. Mamlakatlarimiz do‘stona aloqaga ega. O‘ylashimcha, tez orada bu jang bo‘ladi.

bahodir_final-22_1

Ta’kidlash joizki, Bahodir Jalolov tajriba va mahorat bobida Mark Petrovskiydan ancha ustun. O‘zbek bokschisi boxrec.com  sayti statistikasiga ko‘ra, havaskorlar o‘rtasida jami 96 ta uchrashuvda g‘olib chiqib, raqiblarini 23 marotaba muddatidan oldin enggan va 15 ta jangda hamyurtimizga mag‘lubiyat yozilgan.

Mark Petrovchki havaskorlar o‘rtasida 24 ta jangda g‘alaba qozongan va uchta nokaut qayd etgan. Raqiblariga sakkiz marotaba yutqazgan.

Har ikki jahon chempioni professional ringda ham farliyat yuritmoqda. Bahodir Jalolov shu kunga qadar 12 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Rossiyalik bokschi esa, professional ringda besh marotaba zafar quchgan va shu bahslardan to‘rttasini muddatidan oldin yakunlagan.

Raqiblar Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishga qo‘rqyapti!

Printsipial raqib Bibosinov jahon chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovga nima dedi?

Jalolovga yutqazayotgan Kunkabaevga vaznini o‘zgartirish taklif qilindi

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!