Jalolovga yutqazayotgan Kunkabaevga vaznini o‘zgartirish taklif qilindi

  • 19 may, 2023, 17:53
  • 0
  • Boks

Zamonaviy boksning eng printsipial raqobatlaridan biri - Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘rtasidagi janglar hisoblanadi.

O‘ta og‘ir vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan bu ikki bokschining raqobati 2015 yildan boshlangan.

Odatda, o‘zbek va qozoq bokschilari to‘qnashuvi har doim muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turadi va unga “el-klasiko”, deb nom berilishi ham bejiz emas.

Yaqinda Toshkentda dunyoning 107 mamlakati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘zaro to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi. Unda ochkolar hisobida o‘zbek bokschisi g‘alaba qozondi.

Jalolov va Kunkabaev raqobatidagi umumiy natijaga ko‘ra, hamyurtimiz 6:3 hisobida ustunlik qilmoqda. Bahodirning g‘alabali seriyasi beshta uchrashuvga etdi.

bahodir-20

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov “Qazaqstan” telekanaliga bergan interyusida jahon chempionatidagi ayrim holatlar haqida gapirib berdi. Tajribali mutaxassis Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev raqobatiga ham to‘xtaldi.

Mag‘lubiyatlar haqida

Birinchi navbatda, jahon chempionatiga hech kim yutqazaman, deb bormaydi. 13 nafar bokschining bari puxta tayyorgarlik bilan borgan. Har biri haqida gapirsak, vaqt ko‘p ketadi. Lekin kimgadir g‘alaba uchun ozongina harakat etishmadi, kimningdir omadi kelamadi, ba’zilariga qur’a noqulay keldi.

Qamshibek Kunkabaev hech bo‘lmaganda finalga chiqib, kumush medal olishi mumkin edi. Chunki u o‘ta og‘ir vaznda dunyoda eng zo‘rlaridan. Lekin qur’aning ko‘zi ko‘r – Bahodir Jalolovga chorak finalda to‘qnash keldi. Shunday bo‘lmaganida, medal bilan qaytishi kerak edi. Omadi kelmagan yana bir bokschi – Saken Bibosinov.

Umuman olganda, besh nafar yigitimiz medal jamg‘ardi, to‘rttasi oltin. Bu katta natija. Avval to‘rtta oltinni 2013 yili Almatida qo‘lga kiritganmiz. Buni kimlardir o‘z uyimizda bo‘lgani bilan bog‘lagandi, endi butun dunyoga qozoq bokschi qudratini ko‘rsata oldik.

Jalolov va Kunkabaev haqida

Ayrim muxlislar Kunkabaev vazn toifasini o‘zgartirishi kerak, chunki raqibi Bahodir Jalolovning bo‘yi juda baland va vazni og‘ir, deyishmoqda.

Fanatlarga shunisi uchun ham rahmat. Ular rahmi kelganidan shunday degandir, lekin men mutaxassis sifatida boshqa tomonini aytaman. Bo‘y-bast va vaznga qarash kerak emas. Vazn tashlashning o‘zi juda og‘ir jarayon. Shuning uchun ham Qamshibek o‘z vaznida qoladi, ustida ishlashda davom etadi va kelajakda revansh olishga harakat qiladi.

bahodir-06_1

To‘lqin Qilichev sovg‘asi haqida

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev jahon chempionatida qozog‘istonlik hamkasbiga sovg‘a topshirdi. Mirzagali Aytjanov buni  o‘zaro hurmatga bog‘ladi.

Bu birinchi kungi finallardan keyin bo‘ldi. Men ham ularni tabrikladim. Ular ham bizga hurmat ko‘rsatishdi. To‘lqin Qilichev yosh bo‘lishiga qaramay, dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan biri hisoblanadi. Oldin u shogirdimiz bo‘lgan, deyishimiz ham mumkin, - dedi Mirzagali Aytjanov.

Toshkent shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Qozog‘iston terma jamoasi vakillari esa, to‘rtta oltin va bitta kumush medal, jamg‘arib jahon chempionatini faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Printsipial raqib Bibosinov jahon chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovga nima dedi?

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!