
Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!
O‘zbekiston poytaxti ilk marotaba mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqada yuzdun ziyod davlatdan kelgan bokschilar orasidan eng kuchlilari saralanyapti.
13 vazn toifasidagi medallar uchun bo‘layotgan janglarda o‘zbek bokschilarining aksariyati g‘alabali odimlarini davom ettirib, muxlislarni xursand qilmoqda.
10 may kuni jahon chempionatining eng yorqin janglaridan birining guvohi bo‘lamiz. Zamonaviy boksning o‘ta og‘ir vazn toifasida eng kuchli ustalari – Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘zaro to‘qnash keladi.
Odatda, o‘zbek va qozoq bokschisi ishtirokidagi “el-klasiko”ni finallarda ko‘rishga ko‘nikib qolganmiz. Biroq, bu gal jahon chempionati qur’asi ularni finaldan oldinroq – chorak finalda bir biriga ro‘baro‘ qildi.
Chempionatdagi ishtirokini 1/16 finaldan boshlagan har ikki bokschi chorak finalgacha ikkitadan raqibni mag‘lubiyatga uchratdi. Bahodir Jalolov Bahrayn terma jamoasi vakili Danis Latipov va avstraliyalik Teremoana Juniorni mag‘lubiyatga uchratdi.
Bahodirning jangidan tayyorlangan rolikni ushbu lingda ko‘rishingiz mumkin.
Qamshibek Kunkabaev keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Rossiya bokschisi Aleksey Dronov hamda suriyalik Muhammad Mlayesdan ustunlik qildi.
Endi Bahodir va Qamshibek jahon chempionati yarim finali yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashadi. Bu jangga Xalqaro boks uyushmasi – IBA rasmiy sayti iba.sport vakillari ham munosabat bildirdi.
O‘ta og‘ir vazn toifasi favoritlari Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev chempionatning eng kutilgan jangini o‘tkazish uchun keyingi bosqichda o‘zaro uchrashadi, - deb yozildi mazkur saytda.
Bahodir Jalolov bo‘lajak bahs o‘zi uchun naqadar muhim ekanini yaxshi his qilib turibdi. Chunki o‘z yurtida jahon chempioni bo‘lishning gashti o‘zgacha. Biroq, millionlab muxlislar kuzatib turgan jangning mas’uliyati ancha og‘ir ekanini ham ta’kidlash joiz.
Tajribali bokschimiz bunday murakkab vaziyatda o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Chunki u Olimpiya o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari kabi nufuzli musobaqalarda etarli malaka to‘play olgan.
Bahodir Jalolov Kunkabaev bilan bo‘ladigan o‘zaro to‘qqizinchi to‘qnashuv oldidan o‘z muxlislariga instagramdagi sahifasi orqali murojaat yo‘lladi:
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev raqobati sakkiz yildan beri davom etib kelmoqda. Hozircha, umumiy natijaga ko‘ra, o‘zbek bokschisi 5:3 hisobida oldinda.
Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida barcha nufuzli turnirlar g‘olibi hisoblanadi. U amaldagi jahon va Olimpiya o‘yinlari chempioni. Jahon chempionati bronza medal sovrindori. Uch karra Osiyo chempioni bo‘lgan. Hamyurtimiz o‘zi ishtirok etgan birorta final uchrashuvida mag‘lub bo‘lmagan.
Qamshibek Kunkabaev esa, faoliyati davomida Tokio Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatlarida ikki marotaba, Osiyo chempionatlarida esa to‘rt marotaba kumush medalga ega chiqqan.
Bahodir Jalolov Kunkabaevga qarshi jang oldidan nimalar dedi?
Shohajahon qozoqlardan Meliqo‘ziev o‘chini oldi, ruslar va kubaliklarning “ketmoni” baland uchdi!
Jalolov – Kunkabaev: Qozog‘istonlik muxlislar bokschilar imkoniyatini qanday baholadi?
Yana Bahodir Jalolov haqida...
Bahodir Jalolov jahon chempionligi yo‘lida asosiy raqiblarini aytdi!
Fikrlar