“Kalyari”: Xayr, Shomurodov!

  • 5 sentabr, 2023, 08:02
  • 6
  • Futbol

Jahon futbolida FIFA kunlari munosabati bilan ko‘plab ligalarda qisqa muddatli tanaffus e’lon qilinadi.  

Klublar o‘z tarkiblaridagi terma jamoalar o‘yinchilarini yurtlariga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

“Kalyari” jamoasida ham turli mamlakatlardan kelgan legionerlar bor va ular orasida o‘z terma jamoalaridan taklif olganlari Sardiniyani tark etadi.

vsp_9783_esu_gruppo

L'Unione Sarda nashrining yozishicha, “Kalyari” bosh murabbiyi Kladio Raneri o‘n nafar shogirdi bilan xayrlashdi va qolgan o‘yinchilar bilan A Seriyaning to‘rtinchi turiga tayyorgarlikni davom ettiradi. Italiyada keyingi tur bahslari 16 sentyabrdan boshlanadi.

“Kalyari” o‘n nafar futbolchisini terma jamoalarga kuzatmoqda. Xususan, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan AQShga yo‘l oladi.

Shuningdek, Naytan Nandes Urugvay, Gaetano Oristanio va Matteo Prati Italiya U-21, Adam Obert Slovakiya U-21, Zito Luvumbo Angola, Antuan Makumbo Kongo Demokratik Respublikasi, darvozabon Boris Radunovich Serbiya, Mateush Viteska Polsha hamda Pantelis Xatsidiakos Gretsiya terma jamoasidan chorlov olgan.

Bu futbolchilar o‘z yurtlari oldidagi vazifasini bajarishga ketgan vaqtda, Klaudio Raneri boshchiligidagi murabbiylar shtabi klubda qolgan o‘yinchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Bundan tashqari, ular jarohat olgan o‘yinchilarning oyoqqa turishini tezlashtirish bo‘yicha ish olib borishi aytilmoqda.

Srechko Katanets bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor AQShga yo‘l oladi. Futbolchilarimiz ummonortida xorijiy o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tash bilan birga AQSh va Meksika terma jamoalari bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Eldor Shomurodov mamlakatimiz bosh jamoasining sardori va eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. 28 yoshli hujumchimiz xalqaro miqyosida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 37 marotaba ishg‘ol qilgan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi sentbyar oyi yig‘iniga Eldor Shomurodovdan tashqari, yana bir necha legionerlarni jalb qilgan. Xususan, Turkiyadan “Razespor” jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov, “Fatih Karagyumryuk” yarim himoyachisi Otabek Shukurov, Rossiyadan “Rubin” himoyachisi Rustam Ashurmatov, Birlashgan Arab Amirliklaridan “Shabab Al-Ahli” vakili Aziz G‘aniev, Qozog‘istondan “Ordabasi” hujumchisi Bobur Abduxoliqov va yaqinda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasini tark etgan hujumkor futbolchi Jaloliddin Masharipov ham terma jamoamiz bilan AQShga boradi.

AQSh terma jamoasi navbatdagi yig‘in va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yiniga “Milan”dan Kristian Plushich, “Yuventus”dan Ueston Makenni, “PSV Eyndxoven”dan Serjino Dest kabi mashhur futbolchilarni taklif qildi.

Meksika milliy terma jamoasi esa, bo‘lajak o‘yinlarga “Salernitana” darvozaboni Gilermo Ochoa, “Fulxem” forvardi Raul Ximenes, “Xyuston Dinamo” yarim himoyachisi Ektor Errera, yaqinda “Vest Xem”ga o‘tgan Edson Alvares kabi mashhur futbolchilar xizmatidan foydalanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 sentyabr kuni Sent-Luisdagi “CityPark” stadionida AQSh futbolchilari bilan kuch sinashadi.

IMG_3808

Meksika terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuviga 12 sentyabr kuni Atlantadagi “Mercedes-Benz” arenasi mezbonlik qilishiga kutilyapti.

Ekspertlar Shomurodov yaxshi o‘ynay olmayotgani sababini topdi

Fayzullaev ketishidan oldin TsSKA bosh murabbiy unga va jamoadoshlariga murojaat qildi

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Evropada yozning eng kutilmagan transferi – o‘zbek futbolchisi bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
05/09/2023 08:18
Шу сарлавха куйишгаям чичиб-чичиб куясиларда!!!
Устозларингга лаьнат обкеманглар!
Туропов Бобомурод
05/09/2023 09:49
Сарлавханихам с.... Килиб куясилардан нормальный сарлавха куйинглар шу хабарни специально укисин деб шундай сарлавха куясилар
&
Sirojbek Turayev
05/09/2023 09:25
Qaysi ahmoq bunaqa sarlavha qo'ydi
&
mcmcmcm
06/09/2023 15:55
Masharipov aytganidek, "bular yalinib keladi" degandi. Xuddi shunday maqolani yalinib o'qittirmoqchi.
Суюнов Шерзод
05/09/2023 13:40
Хаммани фикрини сарловха тортди, демак сиз одамларни фикрини жалб қилишни аъло даражада эпладингиз, лекин каментаряда сизга нисбатан ёзилаётган бир биридан ажойиб фикрларни ҳам инобатга олсангиз яхши бўлади, телпакчадай қилиб дарахтни тагига чичиб қўйдинглар хуллас
&
Nazarovsodiq
05/09/2023 12:47
Нотугри иш килипсила спорт уз