“Lans”ga ketgan Husanov ortida futbolchi jo‘natishmoqchi

  • 11 oktabr, 2023, 21:35
  • 1
  • Futbol

Frantsiyadagi birinchi va hozircha yagona legionerimiz Abduqodir Husanov milliy chempionatda “Lans” safida ikki marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

O‘zbek futbolchining “Mets” va “Lill” jamoalari bilan bo‘lgan o‘yindagi harakatlari muxlisu mutaxassislar tomonidan juda yaxshi qabul qilindi. Har ikki o‘yinda Abduqodir o‘z jamoasining eng yaxshi o‘yinchilari qatorida e’tirof etildi.

Aslida Abduqodir Husanovning Belarus chempionatida so‘nggi pog‘onada turgan “Energetik-BGU”dan kuchli beshlik chempionatlaridan biri – Liga1 vitse-chempioni “Lans” safiga ko‘chib  o‘tgani tarixiy voqea sifatida qayd etildi.

1689190279

“Energetik-BGU” direktori Aleksandr Zaxarchenya jamoaning bugungi kundagi ahvoli, maqsad va vazifalari haqida intervyu berar ekan, Abduqodir Husanov masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

— Mavsum boshidagi voqealar jamoaning ruhiyatini sindirib qo‘ydi. Vaziyatni muhokama qilib chiqdik va mavsum davomida unga e’tibor qaratmaslikka qaror qildik. Agar hammasi o‘tgan mavsumdek o‘zgarishsiz qolganida holat umuman boshqacha bo‘lardi.

Jamoa tarkibi 85 foizga o‘zgarib ketdi. Aksariyat yigitlar Belarusning boshqa klublari o‘tib ketdi, qolganlar xorijga yo‘l oldi. Yangi o‘yinchilar bilan yangi jamoa qurilyapti, bu ancha murakkab va qiyin jarayon. “Isloch” jamoasida xuddi shunday vaziyat bo‘lgan va u salbiy oqibatlar bilan tugagan edi. Biz bu holatdan qutilib qolishimizga umid qilaman.

— Musoba jadvalida ahvol juda og‘ir. Chempionat yakunlanishiga olti tur qolgan paytda bir pog‘ona yuqorida turgan “Belshina”dan sakkiz ochkoga ortdasizlar. Hammasi muvaffaqiyatli tugashiga ishonasizmi?

— Ha, yigitlarga ishonaman. Birinchi davradagi talvasa o‘tib ketdi. O‘yin shakllandi. Masalan, BATEga qarshi bahsda raqibni tahlil qildik va natijaga erishdik. O‘sha o‘yinda darvozabonimiz juda ko‘p qutqardi.

— Oliy ligada jon saqlab qola olmasangiz, vaziyat qanday bo‘ladi? Jamoadagi aksariyati quyi ligaga tushib ketish hammasi tamom bo‘lganini anglatmasligini aytyapti.

— Bizda moliyalashtirish boshqalardan farq qiladi. Bizning homiy va hamkorlarimiz kelasi mavsumda ham birga ishlashlarini tasdiqlashdi. Asosiy maqsadimiz kuchli klublar uchun futbolchilarni tarbiyalab berishdan iborat.

Bunga eng yorqin misol – Abduqodir Husanov. Biz boshidanoq bu Evropa darajasidagi o‘yinchi, deganmiz. Husanov bunga erishdi. Hozir UEFA Chempionlar ligasida qatnashayotgan jamoada o‘ynayapti.

Husanov bo‘yicha “Lans” bilan 100 ming evrolik savdo qildik. Ular bu summani darrov o‘tkazib berdi.  Aslida Husanov bu narxdan qimmat turadi. Biz bu taklifni qabul qilishga rozi bo‘ldik.

368600873_774953921304544_858036629368510951_n

Ta’kidlash joizki, Belarus futbol federatsiyasi o‘tgan mavsumda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan uch jamoadan ochko olib tashladi. “Energetik-BGU” yangi mavsumni -23 ochko bilan boshladi va hali olib qo‘yilgan ochkolarni tiklab olganicha yo‘q. Shuningdek, “Shaxtyor-Soligorsk”dan 35 va “Belshina”dan 10 ochko olib qo‘yilgan.

“Energetik-BGU” o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilaridan eng ko‘p foydalanadigan jamoa hisoblanadi. Bu klubda so‘nggi yillarda Shahboz Umarov, Jasur Yaxshiboev, Bobur Abduxoliqov, Abduqodir Husanov, Xumoyunmirzo Iminov, Shahzodbe Ubaydullaev, Doniyor Abdumannopov, Shohruh Abdurahmonov, Abbosbek Jumaqulov kabi futbolchilarimiz to‘p tepdi.

Ayni paytda ham “Energetik-BGU” safid ikki legionerimiz – Amirbek Bakaev va Rustam Turdimurodov o‘ynayapti.

Shomurodov: Erkak bo‘lish kerak...

Ekspertlar Fayzullaevga qanday baho beryapti?

Tezkor: Husanov muxlislariga “Lans”dan xushxabar

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
бек тв
11/10/2023 22:14
Савиянга кутагим чала журналист сарлавхани хатосиз тушунарли килиб хатосиз ёз черт