Oz qoldi: Yana qaysi bokschilarimiz jahon chempioni bo‘ladi?

  • 14 may, 2023, 16:15
  • 0
  • Boks

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ilk marotaba mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati mamlakatimiz boks tarixida eng muvaffaqiyatlisi sifatida tarixga kirib bo‘ldi.

Xalqaro boks uyushmasining eng nufuzli musobaqasi finallari ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning dastlabki kuni uch nafar bokschimiz hal qiluvchi janglarini o‘tkazib, muxlisu mutaxassislarni xushnud etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga jahon chempionatining birinchi oltin medalini xalqaro ekspertlar tomonidan texnikasi mukammalligi bir necha bor e’tirof etilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev keltirdi. Og‘irligi 67 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda iste’dodli bokschimiz Qozog‘iston terma jamoasi vakili Dulat Bekbauov bilan kuch sinashdi va raqibini ochkolar hisobida mag‘lub etdi.

final_asadkhuja-03_1

Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘ziga etishmayotgan yagona sovrin – jahon chempionati oltin medaliga sazovor bo‘lib, boks olamidagi barcha nufuzli musobaqalarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan kamsonli charm qo‘lqop ustalari qatoriga qo‘shildi. Vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar finalida Hasanboy frantsiyalik Bilol Bennamani nokautga uchratib, bellashuvga chiroyli yakun yasadi.

nagradeniya_asad-29

Nihoyat, hamma kutgan jang. Ringga o‘ta og‘ir vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilaridan hisoblangan Bahodir Jalolov chiqdi.

Jahon chempionligi uchun kechgan jangda unga Kuba terma jamoasi vakili Arzola Lopes ro‘baro‘ keldi. Bu chempionlarga xos jangi bo‘ldi.

Bahodir havaskor bokschilar o‘rtasida barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan. U Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni hisoblanadi. Arzola Lopes esa, Kuba boks maktabining salohiyati katta bo‘lgan yangi avlod vakillaridan.

Jangda Jalolov bu vaznda hamon dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlab, jangni muddatidan oldin yakunladi va faoliyatida ikkinchi marotaba jahon chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

e988ab057b71ebe3a049e813c6b99e6c

Birinchi kungi finallarda O‘zbekiston terma jamoasi yuz foizlik natija qayd etib, uchta vaznda oltin medalga ega chiqdi.

14 may kuni yana to‘rt nafar bokschimiz hozirgacha bo‘lgan faoliyatidagi eng muhim bellashuvini o‘tkazadi.

54 kilogramm vazn toifasida final bahsiga qiyinchlik bilan bo‘lsada etib kelgan Oybek Jo‘raev qozog‘istonlik tajribali bokschi Mahmud Sobirxon sinovidan o‘tadi.

Og‘irligi 57 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari finalida Abdumalik Halakov jiddiy raqib – kubalik Orta Rodriges Del-Rey bilan bellashadi.

Jahon chempionati kashfiyotlaridan bo‘lgan Ruslan Abdullaev 63,5 kilogramm vazn toifasida mo‘g‘ulistonlik Baatarsux Chinzorig bilan to‘qnash keladi.

71 kilogrammli bokschilar o‘rtasidagi final jangida Saidjamshid Ja’farov Qozog‘iston terma jamoasi etakchisi Aslanbek Shimbergenov bilan oltin medal masalasini hal qilishiga to‘g‘ri keladi.

photo_2023-05-12_22-11-41

Ikkinchi kungi final uchrashuvlari 14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Final uchrashuvlarida o‘zbek bokschilariga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab qolamiz!  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hozircha beshta medal jamg‘ardi. Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Lazizbek Mullajonov va A’loxon Abdullaev o‘z faoliyatida ilk bor jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Jahon chempionati: Kim qancha oltin medal oldi?

Qozoq bokschisi Asadxo‘jaga toza yutqazganini tan oldi!

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!