TsSKA Fayzullaevdan keyin yana bir o‘zbek futbolchisiga xaridor!

  • 23 dekabr, 2023, 07:55
  • 0
  • Futbol

TsSKA rahbariyati Abbosbek Fayzullaevning “armiyachilar” safidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin yana bir o‘zbek futbolchisiga xaridor bo‘lmoqda.

Bu haqda Rossiya futbolini yoritayotgan bir necha manba, xususan, championat.com, sport24.ruliveresult.ru  kabi saytlar axborot tarqatdi.

Unga ko‘ra, moskvaliklar himoya chizig‘ini “Bunyodkor” sardori Avazbek O‘lmasaliev yordamida kuchaytirmoqchi.

avaaaz

23 yoshli futbolchi joriy mavsumda O‘zbekiston Superligasi va mamlakat kubogi bahslari jami 28 ta uchrashuv o‘tkazib, chempionatda o‘z hisobiga bittadan gol va assist ham rasmiylashtirdi.

O‘lmasaliev aslida “Neftchi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avazbek 2019 yildan beri Toshkent shahri jamoalari sharafini himoya qilib kelmoqda. Xususan, himoya markazi va har ikki qanotda o‘ynay oladigan universal futbolchi “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalarida ham o‘ynagan.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali yaqinda O‘zbekiston Superligasi o‘yinchilarining yangilangan narxini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, O‘lmasaliev 400 ming evroga baholanmoqda.

Rossiyalik futbol muxlislari ayni paytda TsSKAning o‘zbek futbolchisiga qiziqayotganini keng muhokama qilyapti.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik fanatlarning ushbu transfer bo‘yicha fikr-mulohazalarini havola etadi.

Ced102:

Tez orada jamoalarimizda faqat o‘zbeklar o‘ynaydi.

070slava (ced102 fikriga javoban):

Agar ular bizning futbolchilardan yaxshiroq bo‘lsa, nega o‘ynamasligi kerak?

Muravei03:

Agar uning ham tayyorgarligi Abbosbek Fayzullaevnikidek bo‘lsa, jamoaning yarmini o‘zbeklar tashkil qilsa ham mayli...

Asdam:

Ularning terma jamoasini to‘liq olib kelsa bo‘ladi!

Paul1991:

Ular futbol o‘ynashni “Bunyodkor”da to‘p tepgan  Rivaldodan o‘rgangan.

Kovfun-Barrios:

“Armiyachilar”ning o‘zini akademiyasi samara bermayapti. O‘zbekistonda futbolchilarni tarbiyalashni bilishadi. Davlat ham futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

photo_2023-12-02_17-36-58

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida Abbosbek Fayzullaevdan tashqari, yana besh nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepmoqda. Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev “Rubin”da yil boshidan beri o‘ynayapti. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Ruslanbek Jiyanov “Nijniy Novgorod” jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Futbolda olmoslar ko‘p, Fayzullaev esa, ular orasida noyob brilliant!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!