Rubin Xebay: "Menga hech qanaqa taklif yo‘q, tez orada "Andijon"ning Tojikistondagi yig‘iniga qo‘shilaman"

  • 9 yanvar, 2024, 14:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilgi mavsumda “Andijon” jamoasi tarkibida o‘zining ajoyib o‘yinlari hamda gollari bilan muxlislarning mehrini qozongan albaniyalik legioner Rubin Xebay yaqin vaqtlar ichida ta’tildan qaytadi.

Qolaversa, Superliga yulduziga aylangan futbolchimizga turli xil qiziqishlar borligi to‘g‘risida ham gap-co‘zlar yo‘q emas. Bu xususida futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Men tez orada “Andijon”ning Tojikistondagi yig‘iniga qo‘shilaman va jamoam bilan tayyorgarlikni boshlayman. Mening “Andijon” klubi bilan amalda shartnomam bor. Menga hech qanaqa taklif yo‘q.

Men professional futbolchiman. Agar klubga yaxshi taklif tushsa, biz bu haqida gaplashamiz va ikki tomon uchun nima yaxshiroq ekanini hal qilamiz.

Lekin menda boshqa klublar bo‘yicha hech qanaqa ma’lumotlar yo‘q”.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
09/01/2024 20:13
АНДИЖОННИ РУБЕН Х,ЕБАЙ футболчиси яшасин ва рак,иблар дарвозасига шода шода голлар уриб жамоасини галабали юришини безасин