"Barselona" yoki "Real". Pogba yozda MYuni tark etadi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yozda "qizil iblislar" safini tark etishi mumkin. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Manbada keltirilishicha, Pogba Angliyaga ko‘chib o‘tayotgan vaqtda uning agenti Mino Rayola unga 3 yildan so‘ng Ispaniya klublaridan biriga o‘tishini va’da qilgan.
Ayni paytda 25 yoshli futbolchi va Mourino o‘rtasidan "qora mushuk o‘tgan" va Rayola ham ayni vaziyatda o‘z va’dasini bajarish payida yuribdi.
Qayd etish lozim, Pogba "Yuventus" safida to‘p surib yurgan paytlaridayoq "Real"ning qiziqishlari doirasiga kirib qolgandi. Ortda qolgan transfer mavsumida esa uning "Barselona"ga o‘tishi borasidagi xabarlar bot-bot takrorlandi.



Fikrlar