Mourino kelasi hafta MYuni tark etishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yaqin vaqt ichida o‘z lavozimini tark etishi mumkin.
Daily Mail nashrining tarqatgan xabariga MYu portugaliyalik mutaxassisning iste’foga chiqarilishini muhokama qilishmoqda. Bu keyingi hafta yuz berishi mumkin.
Manbada yozilishcha, MYu rahbariyatining bu qarorga kelishiga jamoada murabbiy va bir qancha o‘yinchilarning munosabatlari yaxshi emasligi hamda omadsiz mavsum starti sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya chempoinati so‘nggi turida “Vest Xem”ga (1:3) imkoniyatni boy berdi va 7 o‘yindan so‘ng 9-o‘rinni band etib turibdi.



Fikrlar