O‘zbek shaxmatchisi mag‘lubiyatsiz dona surmoqda

CHERY AUTO
 
Malayziyada shaxmat bo‘yicha "8th Penang Heritage City International Chess Open - 2016" xalqaro turniri qizg‘in davom etmoqda.
 
Ushbu musobaqada o‘n bir mamlakatdan yuz nafarga yaqin shaxmat ustasi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Musobaqada mamlakatimiz sharafini grossmeyster Tohir Vohidov, Temur Qo‘yboqarov, Nabijon Norboev, Baxtiyor Jumaev va Daler Vohidov himoya qilmoqda.
 
O‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida Temur Qo‘yboqarov etakchilik qilmoqda. Iste’dodli sportchimiz beshta uchrashuvdan uchtasida zafar quchdi va ikki marotaba durang o‘ynadi va jami to‘rt ochko bilan peshqadamlar orasida qayd etilgan.
 
Beshinchi tur yakunlariga ko‘ra, Tohir Vohidov va Nabijon Norboev uch yarimtadan, Daler Vohidov va Baxtiyor Jumaev uchtadan ochko jamg‘ardi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!